2
Ushbu qo’llanmada “Biofaol moddalar kimyosi” fani bo’yicha
bajarilishi lozim bo’lgan tajribalar yoritilgan. Keltirilgan
tajribalar Buxoro
davlat universitetining Organik va fizkolloid
kimyo kafedrasida olib
boriladigan laboratoriya ishlari asosida tuzilgan.
Kimyo yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan ushbu qo’llanmaning
birinchi qismida dorivor o’simliklar haqida yetarlicha ma’lumot berilgan.
Ularning geografik tarqalishi, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi keng yoritilgan.
Ikkinch qismida esa 21 ta laboratoriya ishining
qisqacha nazariy qismi va
bajariladigan tajribalar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu talabalarning tegishli
mavzuni oson o’zlashtirib, kengroq tushuncha hosil qilishlari uchun ko’mak
beradi.
Qo’llanma nafaqat universitet talabalari uchun, balki tibbiyot institutida
tahsil oluvchilar uchun ham foydalidir.
Taqrizchilar:
М.A.Tursunov
– Buxoro davlat universiteti organik va fizkolloid kimyo kafedrasi
dotsenti, k.f.f.d.
M.M.Amonova – Buхоro davlat tibbiyot instituti biokimyo kafedrasi mudiri, PhD
Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ilmiy kengashining 2021 yil
2 fevraldagi va o`quv-metodik kengashning 2021 yil 23 fevraldagi 7-sonli
bayonnomasi bilan chop etishga ruxsat etilgan.