Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


 Tarkibida efir moylari bo‘lgan dorivor o‘simliklar


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

1.5. Tarkibida efir moylari bo‘lgan dorivor o‘simliklar 
Dorivor limono‘t (Melissa Officinalis) yasnotkadoshlar Lamiaceae 
(labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, sertukli, 30-60 sm 
balandlikdagi o‘t o‘simlik. Poyasi bitta yoki ko‘p, qarama-qarshi shoxlangan. 
Barglari tuxumsimon, bir oz o‘tkir uchli, sertuk (ustki tomonidan), arrasimon 
qirrali bo‘lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o‘rnashgan. 
Mevasi - 4 ta yong‘oqcha. Iyun - avgustda gullaydi, mevasi iyul - avgustda 
yetiladi. 
Geografik tarqalishi. O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa 
qismining janubida va boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog‘li tumanlarda 
toshlar soyasida va boshqa soya yerlarda o‘sadi. O‘zbekistonning Toshkent va 
Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. 
Kimyoviy tarkibi. Yer ustki qismi tarkibida 0,01-0,33% efir moyi, C 
vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, 
protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin-7-glikozid va 
boshqalar), 5-10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20-27% yog‘ bor. 
7-rasm. Amygdalus 
communis – bodom gulli 
shoxchasi 


13 
Limono‘tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, farnezol va ularning sirka 
kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegon, geraniol, nerol va boshqa terpenlardan 
tashkil topgan. 
Dorivor preparatlari. Damlama. 
Oddiy qora zira (Carum carvi) soyabonguldoshlar Umbelliferae oilasiga 
kiradi. Ikki yillik, bo‘yi 30-80 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Birinchi yili ildizidan 
ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya o‘sib chiqadi. 
Mevasi - cho‘ziq qo‘shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-
avgustda pishadi. 
Geografik tarqalishi. O‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida va o‘tloq yerlarda 
yovvoyi holda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining 
o‘rmon va o‘rmon cho‘l zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va O‘rta 
Osiyoning tog‘li tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus respublikalarida 
o‘stiriladi. 
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3-7% efir 
moyi, 14-22% yog‘, 20-23% oqsil moddalar, 
flavonoidlar (kversetin va kemferol) hamda oshlovchi 
moddalar bo‘ladi. Efir moyi maydalangan mevadan 
suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qora ziraning 
efir moyi sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,905-
0,915; refraksiya soni 1,4840-1,4890.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling