Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


 Tarkibida glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

1.7. Tarkibida glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar 
Ortosifon, buyrak choy (Orthosiphon stamineus
yasnotkadoshlar Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae
oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 1-1,5 m ga yetadigan 
doim yashil yarim buta yoki buta. Poyasi bir nechta, to‘rt 
qirrali, asos qismi yog‘ochlangan bo‘lib, pastki qismi to‘q 
binafsha, yuqori qismi yashil - binafsha yoki yashil
bo‘g‘imlari esa binafsha rangga bo‘yalgan. Mevasi - 1-4 ta 
yong‘oqchadan iborat. Iyul - avgust oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Vatani Janubi - Sharqiy 
Osiyoning 
tropik 
rayonlari. 

yovvoyi 
holda 
Indoneziyada (Yava, Sumatra va Borneo orollarida), 
Birmada, Filippinda va Shimoliy-Sharqiy Avstraliyada o‘sadi. Bir yillik o‘simlik 
sifatida Gruziyaning subtropik tumanlarida o‘stiriladi. O‘simlik qishda 
oranjereyada saqlanadi. Erta bahorda undan 2 ta bargli novdachalar qirqib olinadi 
va oranjereyada ko‘chat qilib o‘tqaziladi. May oyida esa bu ko‘chatlar ochiq yerga 
o‘tqaziladi. 
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida triterpen saponinlar, m-inozit, achchiq 
ortosifonin glikozidi, 1,5% gacha vino, limon va boshqa kislotalar, 0,2-0,66% efir 
moyi, 5-6% oshlovchi va boshqa moddalar hamda ko‘p miqdorda kaliy tuzlari 
bo‘ladi. Saponinlardan birining aglikoni - sapofanin a-amirin ekanligi aniqlandi. 
Dorivor preparati. Damlama. 
 
Nashasimon kendir (Apocynum cannabinum) kendirdoshlar - Apocynaceae 
oilasiga kiradi. Nashasimon kendir ko‘p yillik, bo‘yi 1-1,5 sm ga yetadigan o‘t 
o‘simlik. Ildiz sistemasi yer ostida juda kuchli taraqqiy etgan bo‘lib, o‘simlikning 
vegetativ ko‘payishida katta ahamiyatga ega. Mevasi - pishganda ochiladigan 
bargcha. Iyun - avgust oylarida gullaydi, mevasi sentabr - oktabrda yetiladi. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling