Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


-rasm. Apocynum cannabinum - nashasimon kendir


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

14-rasm. Apocynum cannabinum - nashasimon kendir 
15-rasm. Acanthophyllum gypsophiloides 
– yetmak, beh (bo‘ritikan) 


17 
A. glandilosum Bge., A. gypsophyloides Rgl. va A. paniculatum deb nomlangan 
uch turining ildizi o‘simlik gullab bo‘lgandan keyin kavlab olinadi va quyoshda 
quritiladi. Yetmak (bo‘ritikan) Acanthophyllum gypsophiloides turlarining ildizi 
tarkibida 10-30% triterpen saponinlar va boshqa moddalar bor. Uning ildizi 
balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida bronxit, nafas yo‘llarining boshqa 
kasalliklarida qo‘llaniladi. Undan toza saponinlar olinadi. Bu o‘simlik ildizidan 
oziq-ovqat, yengil sanoatda hamda xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng 
miqyosda foydalaniladi. Yetmak ildizi ko‘pirtirish xususiyatiga ega bo‘lganligi 
uchun undan uzoq vaqtlardan beri nisholda va turli xil holvalar tayyorlashda 
foydalanib kelinadi. 
Otquloq Torondoshlar - Polygonaceae oilasiga mansub, bo‘yi 60-150 sm 
bo‘ladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Uning ildizi kuzda - yer ustki qismi qurigandan 
keyin kavlab olinadi, tuproqdan tozalanadi, suv bilan yuviladi va mayda 
bo‘laklarga bo‘lib, ochiq havoda - quyoshda quritiladi. Ildizi tarkibida 4% gacha 
antratsen hosilalari 8-15% oshlovchi moddalar, flavonoidlar, 0,19% efir moylari
smolalar, vitamin K va boshqa moddalar bor. Ildiz qaynatmasi va kukuni 
dizenteriya, kolit, enterokolit va boshqa me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun 
qo‘llaniladi. Otquloq dorivor preparatlari kichik dozada ich qotirish, katta dozada 
ich yumshatish xususiyatiga ega. 
1.9. Yer ustki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan
dorivor o‘simliklar 
Yer ustki qismlari dorivor mahsulot beradigan o‘simliklarga misol qilib 
na’matak (Rosa L.), sebarga (Trifolium pratense L.) va kiyiko‘tni (Ziziphora 
pedicellata Pazij.) ko‘rsatish mumkin. Bu o‘simliklarning barchasi O‘rta Osiioda 
uchraydi. 
Sebarga (Trifolium) Dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga mansub, bo‘yi 25-
50 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Xalq tabobatida sebarganing yer 
ustki qismlari va guli ishlatiladi. O‘simlik gullagan vaqtda uning yer ustki qismlari 
yoki ayrim gullari yig‘iladi va soya yerda quritiladi. O‘tloq sebargasining yer ustki 
qismlari tarkibida C va B guruhidagi vitaminlar
karotinoidlar, 
kumarinlar, 
2,7% 
flavonoidlar 
(trifolin, 
izotrifolin, 
kversetin, 
izokversetin, 
kempferol, izoramnetin), 4,5% qandlar, 0,36% 
antotsianlar, salitsilat va boshqa organik kislotalar, 
oshlovchi va boshqa moddalar bor. Uning guli va yer 
ustki 
qismlaridan 
tayyorlangan 
qaynatma 
va 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling