Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


- ish. O’SIMLIK TARKIBIDAGI SHILLIQ MODDALAR


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

2- ish. O’SIMLIK TARKIBIDAGI SHILLIQ MODDALAR 
MIQDORINI ANIQLASH 
Kerakli asbob va reaktivlar: chinni kosacha, stakan, shisha tayoqcha, pichoq, 
probirka, etil spirti (96%), pishgan behi urug’i. 
Dorivor o’simliklardagi shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan 
iborat bo’lib, ular tarkibidagi asosan polisaxaridlar – pentozanlar (90%) gacha va 
qisman geksozanlar uchraydi.
Shilliq moddalar odatda 2 guruhga bo’linadi: 
1) Normal shilliq moddalar. Bular o’simliklarning o’sishi davrida shu 
o’simliklar hayoti uchun zarur birikmalar sifatida vujudga kelgan.
2) Patologik shilliq moddalar. O’simliklarnihg tashqi ta’sirga (buta va 
daraxtlar po’stloqlarining yorilishi, teshilishi) javob reaksiyasi sifatida vujudga 
keladi. 
O’simliklar shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq modda kolloid 
eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho’ktirish 
mumkin. Shilliq moddalar kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, 95% pentozalar 
(arabinoza, ksiloza va boshqalar), oz miqdorda galaktoza, glyukoza, uron kislotasi 
va furfurol hosil bo’ladi. 
Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalarni quyidagi sifat reaksiyalari bilan 
aniqlanadi. 
a) Tarkibida shilliq moddalar bo’lgan mahsulotlar ishqor eritmasi ta’sirida 
sariq rangga bo’yaladi. 
b) Mikroskopda ko’rish uchun kesilgan mahsulot bo’lakchasiga metil ko’k 
bo’yog’i eritmasidan yoki 10% li sulfat kislotaning mis tuzi eritmasi va 10% li 
natriy ishqori eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq modda saqlovchi 
hujayralar to’q ko’k rangga kiradi. 
s) Mikroskopda ko’rish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi ta’sir 
ettirilsa, shilliq modda saqlaydigan hujayralar bo’yalmaydi, boshqa hujayralar esa 
qorayadi.
Shilliq moddalar o’simlik mahsulotlari va ulardan olinadigan dori turlari 
tibbiyotda oshqozon – ichak kasalliklarini davolash hamda nafas yo’llari 


27 
shamollaganda 
yo’talni 
yengillashtiradigan, 
to’xtatadigan 
va 
balg’am 
ko’chiradigan vosita sifatida ishlatiladi. 
O’simliklardagi shilliq moddalar miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi. 
1. Shilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritmalar hosil qiladi. Bu 
eritmaning yopishqoqligi erigan birikma konsentratsiyasiga bog’liq. Shuning 
uchun o’simlikdan sovuq suvda eritib olingan shilliq moddalar miqdori eritma 
yopishqoqligiga qarab (viskozimetrlar yordamida) aniqlanadi. 
2. Shilliq moddalar ma’lum miqdordagi o’simlik mahsulotidan sovuq suvda 
eritib ajratib olinadi. Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho’ktiriladi. So’ngra 
cho’kmani yuvib, 60-80
0
C da doimiy og’irlikka kelguncha quritilib tortiladi. 
O’simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi. 
I SH N I N G B O R I SH I 
Pishgan behining urug’i ajratib olinadi. Undan 5 g o’lchab olib chinni 
kosachaga yoki stakanga solinib ustiga 30 ml sovuq suv quyiladi va shisha 
tayoqcha bilan 20 minut davomida aralashtiriladi. Bunda yopishqoq kolloid eritma 
hosil bo’ladi.
Olingan kolloid eritmaga teng hajmda spirt (96%) qo’shiladi va cho’kma 
filtrlanib, sovuq suv bilan yuviladi va 60 – 80
0
C da doimiy og’irlikka kelguncha 
quritiladi, tarozida tortiladi. Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalar miqdori 
quyidagi tenglama asosida hisoblanadi: 
5
100
*
(%)
m


m – olingan shilliq moddalarning massasi. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling