Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

18-rasm. Ziziphora pedicellata - 
kiyiko‘t 


21 
Ishlatilishi. Kiyiko‘tning yelimi tarkibida ko‘zga davo bo‘ladigan dorilar 
bor. U issiq yo‘talni yumshatish xususiyatiga ega, o‘pka yaralaridan keladigan 
zararni kamaytiradi va ovozni yaxshilaydi. Xitoy tabobatida ildizidan tayyorlangan 
tinktura yoki kukun turli me’da-ichak kasalliklariga qarshi, shuningdek, siydik 
haydaydigan va terlatadigan dori sifatida qo‘llaniladi. Uni diabetda, furunkulyoz, 
piodermiyada boshqa dorivor o‘simliklar bilan birgalikda ishlatish buyuriladi. 
Kiyiko‘tning ildizidan tayyorlangan ekstrakt infektsiya tushgan jarohatlarga
yaralarga 
qo‘yish uchun ishlatiladi. Zamonaviy tibbiyotda kiyiko‘tdan 
tayyorlangan damlama va qaynatmalar (10% li) gipertoniya kasalligi, stenokardiya, 
qon aylanishining yetishmovchiligi, o‘tkir glomerulonefritlar, buyrak-tomirlar 
kasalligida, shuningdek, diabet, stomatit, paradontozda, furunkulyoz va boshqa teri 
kasalliklarida 
ishlatiladi. 
20% 
li 
damlamasi 
aritmiyalar 
(taxikardiya, 
ekstrosistoliya) bilan o‘tayotgan yurak-tomirlar yetishmovchiligida, shuningdek, 
nevrasteniyada foyda beradi. Kiyiko‘tning galen preparatlari (damlama va 
qaynatma) qon bosimini pasaytiradigan, yurakka quvvat beradigan tinchlantiruvchi 
ta’sirga ega. Bu preparatlar yurak toj tomirlarini kengaytiradi, buyrakda qon 
aylanishini kuchaytiradi va siydik ajralishini ko‘paytiradi. 
Qo‘llaniladigan qismi. O‘simlikning yer ustki qismlari va ildizi. 
Yalpiz (Mentha) labguldoshlar (Labiatae) 
oilasiga mansub, Bo'yi – 30 sm dan 100 smgacha 
boradigan ko'p yillik o'tsimon o'simlik. O'ziga xos 
o'tkir hidi bor, barglari chaynab ko'rilganida 
og'izna sovutib qo'ygandek bo'lib tuyuladi. Gullari 
pushti va och binafsha rangda, mayda – mayda 
bo'lib, to'pgullar hosil qiladi. Mevalari – to'rt 
qo'shaloq yong'oqcha. Iyun – avgustda gullaydi, 
sentabr – oktabrda mevalari yetiladi.
Geografik tarqalishi. Yalpiz Ukraina, 
Belorus, Maldova, Shimoliy Kavkaz, Tojikistonda ko'p ekiladi. Osiyo yalpizi 
O'rta Osiiodagi hamma respublikalarda keng tarqalgan.
Kimyoviy tarkibi. Yalpiz barglarida anchagina efir moylari, jumladan 
mentol, shuningdek dipepten, fellandren, sineol, pulegon, mentofuran, mentol bilan 
sirka va valerian kislota efirlari, karotin, gesperidin, betain, ursol va olein
kislotalar bor. Barglaridan flavonoidlar ham topilgan. Osiyo yalpizida efir 
moylaridan tashqari oshlovchi moddalar, vitamin C, katexinlar ham topilgan. 
Yalpizning tarkibidan efir moyi va timol moddasini olish uchun maxsus ekib 
o'stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, borneol, pinen, karvakrol, oz 
miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham borligi aniqlangan.
Ishlatilishi. Yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi, 
nastoykasi ko'ngil aynishiga va qusishga qarshi hamda ovqat hazm qilish 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling