Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


-rasm. Peganum harmala L. - Isiriq


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

16-rasm. Peganum harmala L. - Isiriq 


19 
bod, bezgak, tutqanoq, uyqusizlik, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda 
tinchlantiruvchi, uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Bu 
qaynatma teri kasalliklarida ham shifo bo‘ladi. Shuningdek, yer ustki qismining 
qaynatmasi terlatuvchi va siydik haydovchi ta’sirga ega. Nafas qisish va nafas 
olish qiyinlashgan vaqtlarda isiriq urug‘i qaynatmasini zig‘ir urug‘i qaynatmasi 
bilan, zaxm va bod kasalliklarida esa isriq urug‘i qaynatmasini qalampir urug‘i 
qaynatmasi bilan birga qo‘shib ichish tavsiya qilinadi. 
Na’matak (Rosa canina) turlari Ra’noguldoshlar Rosaceae oilasiga mansub, 
bo‘yi 1,5-3 m, ba’zan 6 m ga yetadigan tikanli buta. Novdalari egiluvchan bo‘lib, 
yaltiroq, qo‘ng‘ir - qizil yoki qizil - jigarrang po‘stloq bilan qoplangan. Shakli va 
rangi turlicha, shirali, gul o‘rnidan hosil bo‘lan soxta mevalarga ega. Aprel-avgust 
oylarida gullaydi, mevasi iyul-oktabrda yetiladi. 
 
Geografik 
tarqalishi. 
Na’matak turlari O‘rta Osiyoning hamma 
respublikalaridagi o‘rmonlarda, tekisliklarda, tog‘-cho‘l tumanlarida, to‘qaylarda, 
tog‘larning etaklari, o‘rta va yuqori qismlarigacha quruq toshloq yonbag‘irlarda, 
yong‘oq va archazorlarda, bog‘larda va boshqa yerlarda o‘sadi. 
Qo‘llaniladigan qismi. Soxta mevasi. O‘simlikning mevasi avgust oyining 
oxirlaridan boshlab, kech kuzgacha yig‘iladi. Sovuq urgan mevalarida vitamin C 
miqdori kamayib ketadi. Yig‘ilgan mevalar tezda ochiq havoda quyoshda yoki 80-
90
0
C li pechlarda quritiladi. Ba’zan na’matak mevasi quritilmasdan dorivor 
preparatlar olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri farmasevtika zavodlariga yuboriladi. 
Quritilgan mevalarini ishqalab, kosachabarg qoldiqlari tushirib yuboriladi. 
Kimyoviy tarkibi. Mevasi tarkibida 4-6%, ba’zan 15% gacha vitamin C, 
vitamin B
2
, P, E va K, 12-27% karotin, 29% gacha organik (limon, olma va 
boshqa) kislotalar, 18% gacha qandlar, 3,7% gacha pektin, 4,5% gacha oshlovchi 
moddalar, urug‘ida moy va boshqa birikmalar bor. 
Ishlatilishi. Na’matak turlarining mevasi turli vitaminlar saqlovchi 
polivitaminli mevalarga kiradi. Yuqori vitaminli turlari (Roza beggeriana Schrenk. 
va Rosa fedtschenkoana Rgl.) avitaminoz kasalliklarini davolash va ularning oldini 
olish uchun qo‘llaniladi. Urug‘idan olinadigan moyi va mevasining yumshoq 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling