Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

19-rasm. Mentha asiatica - yalpiz 


22 
jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og'iz chayqash va 
miksturalar ta'mini yaxshilash uchun qo'llaniladi. Efir moyidan ajratib olingan 
mentol quloq, burun, nafas yo'llari kasalliklarida hamda tish og'rig'ini qoldirish 
uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh og'rig'ini qoldiradigan migren qalami 
tayyorlanadi. Mentol preparati - validol, ko'krak qisish (stenokardiya) kasalligida 
ishlatiladi. Yalpiz - xalq tabobatida yuqori nafas yo'llarining o'tkir va surunkali 
kasalliklarida ko'p ishlatiladi. Galen preparatlari tinchlantiruvchi, o't va siydik 
haydovchi, yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiradigan, antiseptik, terlatadigan, yel 
haydaydigan, ich surishini to'xtatadigan xossalarga ega. Ibn Sino fikriga 
qaraganda, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi va qayt qilish vaqtida, hiqichoq tutganida, 
sariq kasalligi, yurak va hazm organlari ishi buzilganida yalpiz naf beradi. Yalpiz 
urug'i issiqlik bo'lib, tananing ichkarisidagi shiralarni tortib oladi va shu tariqa 
odamni terlatadi. Yalpiz urug'ini may (sharob) ga solib qaynatib yoki anjir bilan 
qo'shib ichilsa, balg'am ancha yumshaydi, lat egan joylarga bog'lam qilib qo'yilsa, 
qontalashlarni yo'qotadi. Odam eti uvishib, qaltiraganida, uni chayon chaqib 
olganida, muskullari lat eganida yalpiz qaynatmasini ichish buyuriladi. Undan 
vanna qilish uchun ham foydalaniladi. Yalpiz preparatlari kapillyarlarda qon 
aylanishi va ichak harakatini, hazm bezlari ishini kuchaytiradi, o‘t va siydik 
ajralishini ko‘paytiradi. Yalpiz barglarida mentol bo‘lganligidan, u mikroblarga 
qarshi ta’sirni ham namoyon qiladi.
Qo‘llaniladigan qismi. O‘simlikning barglari va to‘pgullari. 
 
Sassiq kovrak (Ferula assa foedita) soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga 
mansub, bo‘yi 1 m ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. 
8-9 yildin so‘ng poya chiqaradi. Och sariq rangli, besh 
bo‘lakli gullari murakkab soyabon to‘pguliga yig‘ilgan. 
Mevasi qo‘shaloq pista. Mart - aprel oylarida gullaydi, 
mevasi aprel - mayda yetiladi. 
Geografik tarqalishi. Sassiq kovrak O‘rta Osiiodagi 
dashtlarda, yalangliklarda, qumli cho‘llarda, unumdor 
tuproqli yerlarda, ba’zan tog‘ oldi tekisliklarida o‘sadi. 
Qo‘llaniladigan 
qismi
Tibbiyotda 
sassiq 
kovrakning ildizidan olinadigan yelimi - asfetida 
ishlatiladi. Uni olish uchun poya chiqarmagan 
o‘simlikning ildiz atrofi chuqur kavlanadi va ildizning 
yuqori tomonidan ozgina joyi kesib qo‘yiladi. Shu yerdan oqib chiqqan yelim 
ertasiga qotgandan keyin yig‘ib olinadi. 
Kimyoviy tarkibi. Sassiq kovrakning ildizi tarkibida 67,31% gacha kraxmal 
va 9% smola, 0,4% gacha efir moyi bor. Ildizidan olingan asfetida 9,35-65,15% 
smolalar, 12-48% yelim, 5,8-20% efir moyi va boshqa birikmalardan (umbelliferon 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling