Glossariy
1. Tuproq - quruqlikning tabiiy tarixiy jarayonlarda o’zgargan yuza, g’ovak, unumdor qatlami.
2. Gumus - tuproq tarkibidagi chirindi miqdori.
3. Tuproq unumdorligi - tuproqning o’simlik va organizmlarni optimal yashash sharoitlari ta’minlay olish xususiyati.
4. Yer resursi - yer yuzasining har qanday yuzasi tushuniladi.
5. Tuproq degradatsiyasi – tuproqlarni eroziya hamda deflyatsiyaga uchroashi, ikkilamchi sho’rlanishi, ifloslanishi, qashshoqlashuvi, botqoqlashishi, zaxarlanishi.
6. Tuproq eroziyasi – tuproqni shamol va suv ta’sirida yuvilib,uchirilib ketishi.
7. Sho’rlanish - tuproqning o’simlik o’sadigan yuqori qatlamlarida (2metrgacha) ekinlar va boshqa organizmlarga zararli bo’lgan oson eruvchi tuzlarni me’yoridan ortiqcha to’planishi.
8. Tuproqlarni ifloslanishi - tuproqqa antropogen ta’sir tufayli turli moddalarni, jinslarini, patogen organizmlar va oqava suvlarning qo’shilishi oqibatida uning xususiyatlarini yomonlashuvi.
9. Pestitsidlar - dehqonchilik va chorvachilikda kasalliklar,zararkunandalar va begshona o’tlarga qarshi, deflyatsiya (bargni to’kish, desikatsiya (quritish), biostimulyatsiya kabi maqsadlarda foydalanadigan kimyoviy moddalar.
10. Radioaktiv ifloslanish - xalq xo’jaligining turli soxalarida radioaktiv moddalardan foydalanish oqibati.
11. Elyuvial jinslar yoki elyuviy – tub jinslar nurash mahsulotlarining nurash qobig’ida o’z joyida qolib to’planishidan hosil bo’ladi. Dastlabki tub jinslarning xossalari, joyning iqlimi va relьefiga ko’ra elyuviyning mexanik tarkibi va uning qalinligi xilma-xil. Ana shunday jinslar to’rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplanmagan maydonlar (tog’ o’lkalari, Ustiyurt platosi) da uchraydi.
12. Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb - nurash mahsulotlarning yomg’ir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog’ yonbag’irlariga keltirilib, to’planishidan hosil bo’ladigan yotqiziqlarga aytiladi. Delyuviy mamlakatimizning turli rayonlari (jumladan, O’rta Osiyo) dagi suv ayirg’ichlarning yon bag’irlari va daryo vodiylarining yuqori terrasalarini qoplagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |