Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova
-rasm. Ferula assa foedita - sassiq kovrak
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloe - Sabur
20-rasm. Ferula assa
foedita - sassiq kovrak 23 kumarini, ferula kislotasi va uning smola spirtlari bilan hosil qilgan efirlari) tarkib topgan. Yelim-smola efir moyi tarkibida o‘simlikka sarimsoq hidini beruvchi organik sulfidlar (65% gacha), pinen, π-oksikumarin va boshqa birikmalar bo‘ladi. Ishlatilishi. Sassiq kovrakning yelim - smolasi qadimdan xalq orasida turli kasalliklarni davolash uchun qo‘llanib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu yelim - smolani me’da, buyrak, taloq, jigar kasalliklarini davolashda hamda bachadondan qon oqishini to‘xtatuvchi, ishtaha ochuvchi, siydik haydovchi, bo‘g‘inlar og‘riganda og‘riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatgan. Sassiq kovrak yelim - smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘kyo‘tal, tish og‘rig‘i, asab kasalliklarini davolash uchun hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Sassiq kovrakning yosh novdalarini yanchib, qatiqqa aralashtirilib, xavfli shishlar va zaxmga davo qilinadi. Yelim- smola nastoyka va emulsiya holida tibbiyotda astma, tomir tortishishi va asab kasalliklarida ishlatiladi. Aloe - Sabur (Aloe arborescens) Piyozguldoshlar Liliaceae oilasiga mansub, madaniy, bo‘yi 4 m gacha bo‘ladigan daraxtsimon yoki o‘t o‘simlik. Barglari qini yordamida poyada ketma-ket joylashadi, ko‘pincha poyasining yuqori qismida to‘pbarg hosil qiladi. Gullari chiroyli va turli rangda bo‘lib, poyasining yuqori qismidagi to‘pbarg o‘rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o‘qida joylashgan shingilni hosil qiladi. Mevasi - uch qirrali ko‘sakcha. Geografik tarqalishi. Vatani Afrikaning janubi- sharqidagi yarim cho‘llar. MDH davlatlarida Daraxtsimon aloe (Aloe arborescens Mill.) va Yo‘l - yo‘l aloe (Aloe striatila How.) uchraydi. O‘rta Osiioda bir yillik o‘simlik sifatida, xonalarda ko‘p yillik o‘simlik o‘rnida o‘stiriladi. Qo‘llaniladigan qismi. Bargi. Kimyoviy tarkibi. Barglari va undan olinadigan sabur tarkibida antratsen hosilalari (aloin, nataloin, izoemodin) smolalar, efir moyi, achchiq va boshqa moddalar bor. Ishlatilishi. Saburning yuqori dozasi (0,03-0,2 g) surgi dori sifatida, kichik dozasi (0,01-0,02 g) ovqat hazmini yaxshilash va ishtaha ochish maqsadida ichiladi. Biogen stimulyatorlarga boy barglaridan suyuq ekstrakt (flakon va ampulalarda chiqariladi), liniment (emulsiya), sharbat va tabletka tayyorlanadi. Suyuq ekstrakti va tabletkasi ko‘z kasalliklarida (konyuktivit, ko‘z shishasimon tanachasining xiralashishi va boshqalar) hamda boshqa kasalliklarda (surunkali artrit, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, bronxial astmada) qo‘llaniladi. Aloy linimeti va sharbati kuyganda, turli yaralarga (tropik, yuqumli, yiringli va Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling