D. Sharqiy German guruhi:
O`lik tillar: vestgot hamda ostyut.
6.Roman guruhi.
1). Fransuz, 45 million, Fransiya, Janubiy Belgiya, G`arbiy Shvetsariya,
Kanada, shuningdek, Marokko, Aljir, Tunis, Fransuz Ekvatorial Afrikasi, Levant,
Siriya, Hindixitoy, AQSH, Gviana va Gaiti (adabiy til XVI asrda Il-de-Fransa
dialekti asosida shakllandi, fransuz tili boshqa yevropa tillaridan oldin xalqaro tilga
aylanadi);
2). Provansal, 10 million, Janubi sharqiy Fransiyada;
3). Italyan, 40 million, Italiya, Janubiy Shvetsariya, Afrikadagi sobiq italyan
to`dalari (adabiy til toskan dialektlari hamda Florensiya shevasi asosida shakllandi,
tarixan - Yevropada birinchi milliy til);
4). Sardin (yoki sard), 900 ming, Sardiniya oroli;
5). Ispan, 85 million, Ispaniya , Filippin orollari hamda Markaziy va
Janubiy Amerikaning barcha Respublikalari (Braziliyadan tashqari);
6). Katalan, 5 million, Shimoli g`arbiy Ispaniya, Janubiy Fransiya;
7). Portugalcha, 40 million, Portugaliya, Shimoli-sharqiy Ispaniya, Janubiy
Amerikadagi Braziliyada;
8). Rumin, 13 million, Ruminiyada;
9). Moldav (rumin tiliga yaqin), 2 million, Moldaviyada;
10). Makedon-rumin, 300 ming, Makedoniya, Albaniya va Gretsiyada;
11). Ret-roman, 400 ming, Shimoliy-sharqiy Italiyada; 50 ming, Janubiy-
sharqiy Shveytsariyada.
O`lik tillar: latin, o`rta asr vulgar latin tili, osks, umbr, sabel tillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |