Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
uv-harakat nomi qo`shimchasi, chi-shaxs oti yasovchi affiks, lar-ko`plik, ga-
jo`nalish ma‟nosoni ifodalaydi; vengr tilida haz-uy, hazfa-uyda, hazak-uylar, hazakba-uylarda. Ko`rinadiki, turkiy tillardagi qo`shimchalar o`zakka mexanik ravishda qo`shilaveradi, lekin o`zak bilan birikib, singib ketmaydi, o`zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo`q (fors-tojik tillaridan kirib kelgan ayrim old qo`shimchalardan tashqari), ya‟ni qo`shimchalarining ketma- ket qo`shilishi natijasida so`zning kengayishi faqat bir tomonga, ya‟ni o`ng tomonga yo`nalgan bo`ladi: maktablarga. Turkiy tillardagi ko`makchilar otdan yoki ot vazifasidagi so`zdan keyin kelib, uni boshqa so`zga – boshqaruvchiga bog`laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi. Masalan, Baxtim uchun kurashaman. Ukam bilan bordim. Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo`q. Shunga ko`ra, gapda so`zlarning o`zaro sintaktik aloqaga kirishuvi o`zgacha: turkiy tillarda, jumladan, o`zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa tillarida kesimning morfologik belgilari faqat fe‟lga qo`shilsa, turkiy tillarda kesim vazifasida kelgan har bir so`z turkumiga qo`shilishi mumkin. Qiyoslang: Это здание - институт; Bu bino institutdir. Men – onaman. Ko`ylagimni tiktirdim. Turkiy tillarning qiyosiy – tipologik xususiyatlari N.A.Baskakovning “Введение в изучение тюрских языков” (М., 1962) nomli kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so`zning morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o`zaklar birlamchi yoki tub bo`ladi (umumturkiy o`zaklar): al-olmoq, kel, min, ot (o`t), tas/tash (tosh), kyoz (ko`z) yoki yasama, ya‟ni o`zak va unumsiz (o`lik) qo`shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha: jurek (yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir. Tas/tash (tosh), qal (qop), ic/ish (ish), at (ot ), qol (qo`l) va hokazolar predmetlarning nomini atab, ot so`z turkumiga kiradi hamda birlikdagi, bosh kelishikdagi so`zlar qatorini hosil qiladi 3 . Aq, sari, qara, biyik, (baland) o`zaklari statik belgini ifodalab, sifat so`z turkumini tashkil qiladi. Endi (endi), burun, en (eng) kabilar, deydi olim, belgining belgisini ifodalab, ravish kategoriyasiga kiradi. Bir, eki (ikki), uch/ush (uch) tort ,(to`rt) kabilar sonlardir. O`ay! Iq! Maa! undov va taqlidlar, uchin/ushin, deyin (-gacha) kabilar ko`makchilar, -g`u (-ku), -ma/me (-mi) (so`roq yuklamasi) – yuklamalar hamda hem, biraq boglovchilar hisoblanadi. Turkiy tillarda fe‟llar ham o`ziga xos tabiatga ega, ya‟ni ular yasalish xususiyatiga ega: tashla, angla, bilim, qapshiq (qopchiq- qop va kichraytirish shakli –chiq/-shiq.) Turkiy tillarda fonetik struktura- o`zak morfemalardagi 3 tovushli tarkib bilan ajralib turadi. Har bir o`zak –undosh + unli+ undosh tartibidagi yopiq bo`gindan iborat (cgc). Ikki tovushli, bir tovushli o`zaklar turkiy tillarda kam uchraydigan istisnolikdir, ular aslida 3 tovushli tarkibning tarixan, fonetik jihatdan qisqargan ko`rinishidir. 3 tovushdan ko`p so`zlar boshqa tillardan o`zlashgan hisoblanadi. Turkiy tillarga xos bo`lgan gap qurilishi [WPm] qolipi asosida voqelanadi. Предикатив bog`lanish [Pm] (predikate-kesim, m – shaxs/son, zamon, mayl, modallik) orqali yuzaga chiqadi. So`z birikmasi –gap kengaytiruvchilari yoki so`z kengaytiruvchilaridan iborat bo`lishi mumkin. Mana shu sintaktik xususiyat barcha turkiy tillar uchun xos bo`lib, bu oilani boshqa tillardan, ulardagi grammatik xususiyatlardan keskin farqlab turadi (chunonchi, Hind- yevropa tillarida gap birgina kesimning o`zidangina emas, balki ega va kesimning qat‟iy ishtiroki va tartibi (egadan keyin albatta kesim keladi ) asosida tuziladi). Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling