Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Morfologik  tamoyil.  Bu  prinsip  bo`yicha    so`zshakllar  qanday  talaffuz 
etilishidan  qat‟iy  nazar,  bir  xil  yozilishi  talab  etiladi.  Demak,  morfologik 
prinsip  asosida  yozilgan  so`zlar  jonli  so`zlashuvdagi  talaffuzga  muvofiq 
kelmaydi. O`zbek tilining orfografiyasi (imlo qoidalari ), asosan, shu tamoyilga 
asoslangandir.  Chunonchi,  yozibdi,  ishda,  maqtamoq,  to`qson,  qochdi,  rost, 
po`stdumba, Samarqand, muomala, gazeta singari so`zlar (jonli nutqda yozipti, 
ishta,  maxtamoq,  to`xsan,  qoshti,  ros,  po`sdumma,  Samarqan,  muomila,  gazet 
tarzida aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi. 
Qo`shma  va  juft  so`zlar,  ko`m-ko`k,  qip-qizil  kabi  sifatlar,  har  vaqt,  bir 
mahal kabi ravishda ham morfologik prinsip asosida yoziladi. 
 
Rus tili orfografik qoidalarida ham morfologik prinsip etakchi rol o`ynaydi. 
Masalan,  rus  tilidagi  часовой,  города,  подписка,  вокзал,  дорога,  товар, 
команда,  окно,  вода,  совпадать  singari  so`zlar  jonli  so`zlashuvda  часавой, 
гарада, патписка, вакзал,  дарога,  тавар,  каманда, акно, вада,  сафпадат  
tarzida  aytiladi.  Yuqoridagi  kabi  asliga  ko`ra  yoziladi.  A.N.Gvozdevning  
«Основы  русской  орфографии».  (M.,  1963,  стр.  54)  kitobida  qayd  etilgan 


ma‟lumotga  ko`ra,  rus  tili imlo  qoidalarining  71,4  foizi  morfologik  tamoyilga 
asoslangan.  
 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling