Abuzalova M


Shakliy  (simvolik)  tamoyil


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Shakliy  (simvolik)  tamoyil.  Bu  prinsipga  ko`ra,  odatda,  boshqa  tillardan 
olingan  so`zlar  o`sha  tillarda  qanday  yozilsa  shunday  yozamiz:  Nyu-York, 
kilogramm, kross,taassurot, koeffitsiyent, trolleybus kabi. 
Ma‟lumki,  o`zbek  xalqi  qarib  70  yil  davomida  kirill  yozuvidan  foydalanib 
keldi.  Kirill  yozuvining  imlo  qoidalari  1956-yil  4-aprelda  hukumat  tomonidan 
tasdiqlangan  edi.  Unga  ko`ra,  o`zbek  orfografiyasining  asosiy  qoidalari  72 
moddadan  iborat  bo`lib  ularning  ba‟zilari  o`zbek  tilining  tabiatiga  hamma  vaqt 
ham  mos  kelavermasdi.  Chunonchi,  е,  ѐ,  ю,  я  grafemalari,  ц  harfi,  ayirish, 
yumshatish belgilari (ъ, ь) bilan bog`liq o`rinlar shular jumlasidandir. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasi (1993-yil 2-sentabr) 
da  “Lotin  yozuviga  asoslangan  o`zbek  alifbosini  joriy  qilish  to`g`risida”   
O`zbekiston  Respublikasining  Qonuni  qabul  qilindi.  Bu  qonunni  joriy  qilish 
to`g`risida prezident farmoni ham e‟lon qilindi. 1995-yil 24-avgustda O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek tilining 


asosiy  imlo  qoidalarini  tasdiqlash  haqida”gi  339-son  qarori  qabul  qilindi.  Yangi 
imlo  qoidalari  82  –  moddadan  iborat  bo`lib,  unda  harflar  imlosi,  asos  va 
qo`shimchalar  imlosi, qo`shib  yozish, chiziqcha  bilan  yozish, ajratib  yozish, bosh 
harflar imlosi, ko`cherish qoidalari alohida bo`limlarda ko`rsatilgan.  
Ma‟lumki,  orfografiya  adabiy  tilning  talaffuzini  o`rganuvchi  orfoepiya  bilan, 
alifbo  bilan  uzviy  bog`liqdir.  Orfografiya  bilan  orfoepiya  adabiy  tilni 
takomillashtirishda, uni muntazam bir shaklga solishda muhim rol o`ynaydi. Lotin 
alifbosiga asoslangan imlo qoidalarida juda ko`p o`rinlarda orfografiyaning adabiy 
talaffuz me‟yorlari bilan muvofiqlashganligini ko`rish mumkin. Masalan,  
1) 
mo`tabar,  mo`jiza,  mo`tadil  kabi  arab  tilidan  o`zlashgan  so`zlar 
tarkibidagi  o`  unlisi  cho`ziq  aytiladi  va  yozuvda  ulardan  keyin  tutuq 
belgisi ishlatilmaydi; 
2) 
parvo,  mavqe,  mavzu,  avzo  so`zlariga  I,  II  shaxs  egalik  qo`shimchalari 
qo`shilganda  bir  y  tovushi  qo`shib  aytiladi  va  shunday  yoziladi; 
parvoyim, parvoying, … mavqeyim…; 
3) 
ruscha  цилиндр,  кварц,  акция,  конституция,  лицей,  милиция  kabi  
o`zlashgan  so`zlar  tilimizda  o`zbekona  talaffuzga  muvofiq  yoziladi: 
silindr, kvars, aksiya, konstitutsiya, litsey, militsiya va hokazo. 
Demak,  orfografiya  va  orfoepiya  og`zaki  hamda  yozma  nutqni  bir  –  biriga 
yaqinlashtirishda, milliy – adabiy tilning birligini yaratishda muhim ahamiyat kasb 
etuvchi mushtarak sohalardir. 
 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling