Abuzalova M


Tarixiy  –  an‟anaviy  tamoyil


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 Tarixiy  –  an‟anaviy  tamoyil.  Bu  prinsip  bo`yicha  so`zlar  hozirda  qanday 
talaffuz  qilinishiga  qarab  emas,  qadimdan  an‟anaga  aylanib  qolgan  qoidalar 
asosida  yoziladi.  Demak,  so`zlarning  aytilishi  uning  yozilishidan  farq  qiladi. 
Biroq  bunda  morfologik  prinsipdagi    kabi  morfemalarning  yagona 
shakllanishiga,  grammatik  qoidaga  rioya  qilinmaydi.  Aksincha,  so`zlarning 
yozma  ifodasi  ularning  tarixan  o`zlashib  singib  ketgan  shakliga  teng  keladi. 
O`zbek  tilida  bu  tamiyildan,  odatda,  badiiy  uslubda  ko`proq  foydalaniladi: 
Masalan: 
1)  maqsad ravishdoshi qo`shimchasi [-gani] o`rnida uning tarixiy ko`rinishlari 
[-gali],  [-g`ali],  [-qali],  [-kali]  qo`llaniladi:  Ko`rgali  keldingmi,  yor, 
kuydirgali keldingmi, yor (Qo`shiqdan);  
2)  sifatdoshning  [-r/-ar]  shakli  [-ur]  tarzida  ishlatiladi:  Shirin  bo`lsang,  yalab 
ado qilurlar, Acchchiq bo`lsang talab ado qilurlar (E.Vohidov); 
3)  [-mi] so`roq yuklamasi [-mu] shaklida qo`llaniladi: Sevgini tortib bo`larmu, 
toshu tarozu bilan (E.Vohidov); Sen bahorni sog`inmadingmu (A.Oripov); 
4)  [-gin] buyruq - istak mayli shakli [-gil], [-g`il] tarzida ishlatiladi: Bas, yetar, 
ko`ksimga urmagil xanjar (A.Oripov); 
5)  chiqish  kelishigi  shakli  [-dan]  ko`pincha,  [-din]  tarzida  beriladi:  Gavhar 
balchiqqa  tushgani  bilan  qimmati  ushalmas  va  o`z  bahosidan  qolmas 
(I.Sulton) va h.k.  
Kabutar, muomala, musicha, taqozo, erur kabi so`zlar ham tarixiy – an‟anaviy 
tamoyil asosida yozilgan. 
G`arbiy  yevropa  tillarida,  jumladan,  ingliz,  fransuz,  nemis  tillarida  ham  shu 
prinsipga  amal  qilinadi.  Chunonchi,  ingliz  tilidagi  to  live  [live]  (yashamoq),  to 
work  [we:k]  (ishlamoq),  to  condemn  [ken‟dem]  (yomon  ko`rmoq),  debt  [det] 
(qarz), light [alti] (yorug`) kabi so`zlar; fransuz tilidagi Paris (Parij)homologue  
(insonshunoslik)  so`zlari;  nemis  tilidagi  tisch  (stol),  deutsch  (nemis  tili  )  so`zlari 
tarixiy  –  an‟anaviy  tamoyil  asosida  yozilgan.  Rus  tilidagi  красивого,  большого, 
здания, корова, собака  so`zlari ham shular jumlasidandir. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling