Abuzalova M
Mavzu : Fonologiya fonemani o„rganuvchi soha sifatida
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar
- Fonologik oppozitsiyalar
Mavzu : Fonologiya fonemani o„rganuvchi soha sifatida Reja: 1.Fonemaning til birligi ekanligi. 2.Fonologik ziddiyat va uning ko„rinishlari. 3.Fonemalarning variantlashuvi. 4.Fonema nazariyasi tarixidan. Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar: Fonologiya, fonema va tovush munosobati, fonologik dipozitsiya , bir o„lchovli va ko„p o„lchovli ziddiyat, doimiy va neytrallashgan ziddiyat , kuchli va kuchsiz pozitsiya, fanema va gradema, gradema va harf, harf va tovush, fonologik nazariyalar. Fonologiyaning kelib chiqishida fonetika katta rol o„ynagan. Fonologiyaga XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshiga kelib, tilshunoslikning fonetika bobidan ajralib chiqqan alohida soha sifatida qarala boshlandi. Fonologik sathning taraqqiyotida mashhur rus va polyak olimi I.A.Boduen de Kurtene, rus olimi N.C Trubeskoy, R. Yakobsonlarning xizmati kattadir. Turkiy tillar fonologiyasini tadqiq qilishda V.V. Radlov, E.D. Polivanov, N.K. Dmitriyevlarning tadqiqotlari ahamiyatga egadir. Umuman olganda , fonologiya nutq tovushlarning fiziologik – akustik (fizik ) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo„ldi. Praga funksional strukturalizmi oqimining taniqli namoyondasi N.S Trubeskoy fonetikani odam nutqining material tomoni, ya‟ni artikulyatsiyasi va akustikasi haqidagi fan deb, fonologiyani esa, tildagi tovushlarning ma‟noni farqlashga xizmat qiluvchi alomatlari va funksiyalarni o„rganuvchi fan, deb ta‟riflangan edi. Bu ta‟rifda tilni nutqqa, tovushlarning material tomonini ularning funksional tomoniga qarama-qarshi qo„yish yorqin ko„rinadi [2,22;]. Fonetikaning birligi bevosita kuzatishlarda berilgan nutq tovushlari bo„lgani kabi, fonologiyaning birligi so„zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir. Har bir fonema kishilar ongida umumiy farqlovchi xususiyatlari asosida vujudga kelgan maxsus “akustik portret ” yoki ”tovush obrazi “sifatida yashaydi. Bu farqlovchi belgilar tovushlarning artikulyatsion va akustik belgilari asosida vujudga keladi va barqarorlashadi. Fonologik jihatdan fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo„yiladi, to„g„rirog„i, fonemalar boshqa lisoniy birliklar kabi paradigmatik munosobatda yashaydi. Fonologik oppozitsiyalar fonemalarning farqli belgilarini o„zida ifodalaydi. Masalan, [p]-[t] “lab – til oldi” belgisi bilan, [a]-[o] “lablanmagan- lablangan”lik belgisi bilan, [h]-[q] “bo„g„iz chuqur til orqa” xossalari bilan farqlanadilar. Tilshunoslikda fonologik ziddiyatlarning turli tip va ko„rinishlari farqlanadi. N.S Trubeskoy “Fonologiya asoslari ” asarida fonologik ziddiyatlar haqida ko„pgina ma‟lumotlar beradi. Ziddiyatlar bir o„lchovli va ko„p o„lchovli Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling