Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Daraxt nima uchun kerak?
a) soya soladi; b) meva beradi; v) yog`och beradi... Mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, ya‟ni vazifasi. Nutqiy hosilalarning mazmuni turli nutqiy sharoitda qanchalik xilma - xil bo`lmasin, ma‟lum bir lisoniy umumiylik ma‟nosining tajallisidir. Masalan, bir oddiy piyola ham ichish quroli, ham o`lchov andazasi, ham aylana chizish mumkin... Lekin piyolaning umumiy mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish uchun mo`ljallangan o`zbek milliy ro`zg`or buyumi. Ongimizda piyola mana shunday yashaydi. Chunki "nutqdagi xususiy ma‟nolar lisondagi umumiy ma'nolarning tajallisi" [1,11;]. Umumiy ma‟no ma‟lum bir fonema, morfema, leksemaning paradigmadagi o`rni,mavqeidan ochiladi. Masalan, leksemalardagi umumiy ma‟no shu leksemaning o`zi munosabatdosh bo`lgan leksemalar qatoridan anglashiladi. "Ota" leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va UGMsi o`shandan ochiladi: /bobo/: /buvi/ /ona/ : /ota/ : /bola/ : /nevara/ : Ushbu paradigmadan "ota" so`zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi avlod, bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. Leksemalardagi UGM s e m e m a deyiladi. Demak, umumiylikning mohiyati ma‟lum bir umumiylikni o`ziga o`xshash va farqli umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin. Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan. Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari. [-lar] ning XGMlari: a) ko`plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.); b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi; d) bog`liqlik va o`xshashlik - Avvalgi sarvigullar o`qishni tugatishdi (Sh. Yul.); e) taxmin - Soat beshlarda keldi; f) kuchaytirilgan ma‟no - Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim... (U. Azimov). [o] shakl XGM lari: a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo`ladi (A.O.); b) ko`plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko`plik); U qishloqda uch - to`rt kun qoldi (noaniq ko`plik); d) birlik ifodalash - bunda ko`rsatish olmoshlari, "bir" so`zi ko`proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening maqsadim bitta... (O.Matjon). Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko`rsatish mumkin: [-lar] UGMsi─bo`linuvchan/ bo`linmas sifat va noaniq miqdor ifodalash. [o] UGMsi ─ bo`linmas va aniq/ noaniq miqdor ifodalash. Bo`linuvchanlik/ bo`linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: har bir xususiylik alohidalik ekanligini ko`rib o`tdik. "Qovunlar" degan so`zshakli bir necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so`zshakli bir to`plamni ifodalaydi va u bir necha alohidaliklarga bo`linadi. "Ahmadlar" deganda Ahmad va unuing o`rtoqlari, oilasi... tushuniladi. Ya‟ni Ahmadlar bir to`plamni ifodalaydi va bu to`plam bo`linuvchan. "Suvlarni stolga qo`ydi" deganda kola, mineral suvlar... tishuniladi. "Toshkentlarni kezib chiqdi" so`zshakl Toshkentni bo`lib beryapti, tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim" misrasida til, gap, so`z, og`iz ajratib berilgan. Shuning uchun "ishchi sinfi" va "ishchilar sinfi"; "o`qituvchi odati" va "o`qituvchilar odati" kabi so`z birikmalarida birlik va ko`plik son ma‟nolari yaqinlashsa ham, orasida nozik farq bor. "Ishchilar"da sifatiy bo`linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda yaxlitlik ma‟nosi ko`proqdir. Demak, bir jihatdan birlik va ko`plik son ko`plik sonning bo`linuvchanlikni ta‟kidlashi, birlik sonning esa yaxlitlikni ko‟rsatishi bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jihatdan esa birlik son birlik, aniq/noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan hamisha noaniq miqdoriy ko`plikni ifodalovchi ko`plik son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol", "Stol ustida to`rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma‟no voqelangan: Kitoblar so`zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi. Quyidagi gaplarni qiyoslang: Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi; O`ninchi yil (yillar)da tug`ildi. Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma‟nosi quyidagicha ko`rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni bo`linuvchan/ bo`inmas ma‟noda berish. Ko'plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy ko`plikni bo`linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy grammatik ma‟nolar bilan birlik va ko`plik morfologik son shakllari til tizimida, ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma‟nolar nutqda muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. Ko`rib o`tdikki, daraxt umumiyligi o`ta sodda va u "o`simlik + tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard daraxt behad rang - barang. Xuddi shunday ko`plik sonning ma‟nosi "miqdoriy noaniq ko`plik + sifatiy bo`linuvchanlik" kabi soddadir. Nutqda esa u milliard xususiy ko`rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma‟nosi "miqdoriy aniq/noaniq ko`plik + sifatiy bo`linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko`rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, u umumiylik bilan xususiylik orasida oraliq ma‟nolar yotadi. Oraliq ma‟nolar xususiy ma‟nolar uchun ma‟no tiplari, ya‟ni "o`xshash ma‟nolar majmuasi", UGM uchun esa "umumiylikning ko`rinishlari", turlari mavqeida bo`ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / noaniq va birlik" kabi ma‟nolarni o`z ichiga oladi. Va UGM XGM sifatida voqelanguncha yuqorida ko`rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma‟noning biridan o`tadi. Chunonchi, XGM OGM UGM Bu kitobda birlik aniq/noaniq Uch kitobda aniq sifatiy bo'linmas Kitobda ko`plik miqdor shunday yozilgan. noaniq OGM hamisha so`zning lug`aviy ma‟nosi, matn, qurshov bilan aloqador bo`ladi. Chunonchi, [-lar] ko`plik sonning umumiy ma‟nosi -"sifatiy bo`linuvchan, miqdoriy noaniq ko`plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan asosiylari: 1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko‟rsatkichi)ni ifodalash (kitoblar, odamlar...); 2. O`lchanmas moddalarni alohidaliklarga ajratib noaniq miqdoriy ko`plikni ko`rsatish (Toshkent suvlari...); 3. Turli tur va jinslardan iborat NMKni ko`rsatish (yog`lar-sariq yog`, paxta yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola); 4. Narsani yondoshlari bilan birgalikda NMK sifatida ifodalash (Ahmadlar keldi; Toshkentlarni aylandik.); 5. Taxmin ifodalash: 70- yillar; 6. Bo`linmasni bo`linuvchan etib ko`rsatib, ekspressiv ma‟no berish (Yuraklarimga to`kildi). Mana shunday har bir morfologik shaklda XGM, OGM va UGMlar mavjud bo`ladi. Siz 1940-80-yillarda nashr etilgan darsliklarda tanishgan grammatik shakllarning ma‟nolari asosan XGM va OGMlardir. UGMlarni ochish bosqichiga o`zbek tilshunosligi endi ko`tarilmoqda. Jumladan, ushbu mavzular mana shu UGMlarni ochishga bo`lgan ilk qadamlardan biridir. Shunday xulosaga kelish mumkinki, UGM til birligining minglab turli xil matnlarda yuzaga chiqadigan va bevosita kuzatishda berilgan xususiy grammatik ma‟nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi emas, XGMlar negizida yotgan, XGMlarga nisbatan umumiylik vazifasini o`taydigan ma‟nodir. XGMlar bilan UGMlar orasidagi munosabat bilvositadir. Bu ikki bo`g`inni bog`lovchi ma‟no tipi ─ bu OGMdir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling