Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
№
Leksema Ma‟noviy Sintaktik Morfologik Izoh turlari (ajralish- ning asosiy belgisi) 1 Fe‟l Harakat- holatni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik (gap bo`lagi bo`lib kelishi) Nisbatlanuv- chi o`zgaruvchi (yozmoq- yozildi) Morfologik va ma‟noviy 2 Ot Predmet va predmetlikni nomlash orqali atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik Sonlanuvchi o`zgaruvchi (kitob- kitoblar) Morfologik va ma‟noviy 3 Sifat Belgini nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik Darajalanuv- chi o`zgaruvchi (yaxshi- yaxshi -roq) Morfologik va ma‟noviy 4 Son Miqdorni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik Tartiblanuv- chi o`zgaruvchi (bir-birinchi) Morfologik va ma‟noviy 5 Ravish O`rin, payt, tarz-tusni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklangan muchalanuvchi- lik O`zgarmas- lik Morfologik va sintaktik 6 Taqlid Tovush yoki ko`rinishga taqlid leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik - Ma‟noviy 7 Ishoralar (olmosh- lar) Ishora mustaqil leksemalari - - Ma‟noviy 8 Ko`mak- chi So`zni so`zga tobelantiruvchi muchalanmas leksemalar O`zgarmas- lik Sintaktik 9 Bog`lov- chi So`zni va gapni bog‟lovchi O`zgarmas- lik Sintaktik muchalanmas leksemalar 10 Yuklama Ta‟kid Muchalanmaslik O`zgarmas- lik Ma‟noviy 11 Modal Munosabatni nomlash asosida atash leksemalari Ajraluvchilik (gap bo`laklari bilan munosabatga kirishmaydi) O`zgarmas- lik Ma‟noviy va sintaktik 12 Undov His-hayajonni tasvirlash leksemalari Ajraluvchilik O`zgarmas- lik Ma‟noviy va sintaktik 13 Tasdiq va inkor so`zlar Tasdiq-inkor ma‟nosi Ajraluvchilik O`zgarmas- lik Ma‟noviy va sintaktik 14 Taklif so`zlar Tasdiq ma‟nosi Ajraluvchilik O`zgarmas- lik Ma‟noviy va sintaktik DTSga asoslangan ona tili o`quv dasturi va darsliklarida ham o`zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar ko`zga tashlanadi: 1. Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe‟l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olingan holda ularni o`rganish fe‟l, ravish, taqlidiy so`zlardan keyinga ko`chirilgan va ular ishora so`zlar sifatida izohlanilgan. 2. Dasturda bir so`z turkumidan ikkinchi bir so`z turkumiga o`tish talqini rus tili grammatikasidan ko`chirilgan hodisa sifatida baholanadi (“Yaxshi bola yaxshi o`qiydi”; “Mardona yigit mardona gapiradi” kabi gaplarda yaxshi va mardona so`zlari birinchi birikmada sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi). Darslikda ravish so`z turkumining xususiyatlari o`rganilar ekan, uning morfologik kategoriyalarni, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarni qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib ko`rsatilgan. Ravishlarning morfologik jihatdan o`zgarmas ekanligi qator misollarda (tasodifan, birga, qasddan, o`zbekona, haqiqatan) aniqlab berilgan. Ravishlarning sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo`lib kela olishi bilan kengaytirilgan. 3. Egalik, kelishik qo`shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan g'ayriilmiy talqin dasturdan o`rin olmagan. Grammatikadagi otlashuv hodisasi "ma‟no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan. 4. So`z turkumlarini o`rganishda ularning asosiy ma‟noviy, morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, amaldagi dastur va darsliklarimizdan farqli o`laroq quyidagicha joylashtirilgan: 1.Fe‟l. 7. Olmosh 2.Ot. 8. Ko`makchi 3. Sifat. 9. Bog'lovchi 4. Son. 10.Yuklama 5. Ravish. 11.So`z- gaplar (undov,modal,tasdiq 6. Taqlid so`z va inkor,taklif so`z-gaplar) 7-sinf darsligida so`z-gaplar, ularning ko`rinishlari haqida batafsil ma‟lumot berilgan. Tasdiq-inkor ma‟nosini ifodalaydigan so`zlar (asosan, ha, yo`q, xo`p, xo`sh) tilshunosligimizda, ko`pincha, modallar tarkibida o`rganilib kelingan. Hozirgi tilshunoslikda esa ularning ma‟noviy xususiyatlari hisobga olingan holda alohida guruhga ajratilgan. Taklif so`z-gaplar guruhiga qo`llanilishi tana a‟zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog'liq bo`lgan Ma, Mang, Qani, Xo`sh?, Marhamat kabi so`zlar kiritilgan. So`z-gaplarning asosiy xususiyati, ya‟ni ularning kesimlik shakli qo`shimchalarini mutlaqo qabul qila olmasligi izohlab berilgan. So`z turkumlarning miqdori, ularning belgilari tarixiy o`zgaruvchan bo`lib, turli sistemalardagi tillardagina emas, qarindosh tillarda ham turlichadir. Shunga qaramay bir tildagi so`z turkumlarning miqdori bo`yicha ham olimlar orasida turli qarashlar, tasniflar mavjud. Masalan, hozirgi rus tilidagi so`z turkumlarining miqdori haqida shunday tasnif mavjud: ko`pchilik olimlar so`z turkumini o`nta deb hisoblaydilar. Bular: ot (имя существительное), fe‟l (глаголы), sifat (имя прилагательное), ravish (наречие), son (имя числительное), bog`lovchi (союзы), predloglar, undov (междометные слова), yuklama (частицы). Hozirgi ingliz tilidagi so`z turkumlarining soni ham turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi: ba‟zilari o`nta deb ko`rsatsa (ot(noun), sifat (adjectives), son (numeratives), olmosh (pronouns), fe‟l (verbs), ravish (adverbs), predlog, artikl va yuklama (conjunctions), ba‟zilari o`n to`rtta deydilar: yuqoridagilarga qo`shimcha ravishda modal so`zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so`zlar kiritiladi. Hind-yevropa tillariga kiruvchi tojik tilida ham so`z turkumlari quyidagicha tasniflanadi: ot: дафтар, духтар, хона; sifat: нав, калон, калонтар, сурх, сурхтар; son: як, даҳ, бист; olmoshlar: ман мо, ту, шумо, ў, онҳо, ин; fe‟l: кардан, рафтан, истодан; ravishlar: муваққатан, ҳоло, тозон-тозон; predloglar: ба, дар, аз, барои; bog`lovchilar: ва, ҳам, чунки, зеро, бо ин ки; yuklamalar: - ми, - а, - ку, не; undov so`zlar: оҳ! офарин! вой! э вой! Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi qator yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o`rta ta‟lim dastur va darsliklarida ham o`z ifodasini topgan. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling