Abuzalova M
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Leksemalarning serqirraligi, tasnif va uning mantiqiyligi, mustaqil ma‟noli so`zlar, bo`sh ishora ma‟noli so`zlar, yordamchi ma‟noli so`zlar, o`zgaruvchi leksemalar, o`zgarmas leksemalar, so`z - gaplar, muchalanuvchilik (gap bo`lagi bo`lib kelishi), sonlanish, darajalanish, tartiblanish, ajraluvchilik (gap bo`laklari bilan munosabatga kirishmaslik ), sintaktik aloqa vositasi. Biz oldingi mavzuda tasnifning mohiyati nimada ekanligi, uning xususiyati haqida bir oz to`xtalib o`tgan edik. So`zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo`lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi: 1.Bo`g'in soniga ko`ra: bir bo`g'inli, ko`p bo`g'inli. 2.Fonemalar miqdoriga ko`ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch fonemali... 3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko`ra. 4.Tub-yasamaligiga ko`ra:tub va yasama. 5.Yasalish tipiga ko`ra: diaxronik va sinxronik. 6.Tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, juft, takroriy. 7.Shakl va ma‟no munosabatiga ko`ra: ma‟nodosh, shakldosh, qarama- qarshi ma‟noli so`zlar va paronimlar. 8.Qo`llanishiga ko`ra: aktiv va passiv. 9.Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko`ra; antroponim, toponim, zoonim... 10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko`ra: kitobiy, rasmiy, so`zlashuv. 11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko`ra: o`z va o`zlashgan qatlam, chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 12.Emotsional - ekspressiv jihatiga ko`ra: emotsional - ekspressiv bo`yoqdor va bo`yoqsiz so`zlar. 13.So`zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma‟nosiga ko`ra: narsa, buyum, shaxs, mavjudotlarni atovchi so`zlar; belgi, xususiyat, munosabat ifodalovchi so`zlar; harakat-holat ma‟nosini bildiruvchi so`zlar; o`rin-payt, tarz-tus ma‟nosini ifodalovchi so`zlar va h.k. Demak, so`zlarga berilgan xilma- xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o`z o`rnida ahamiyatlidir. So`z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o`rganilib, uning ma‟noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan. So`zlar ma‟noviy belgisiga ko`ra quyidagicha turkumlanadi: 1.Mustaqil ma‟noli so`zlar: a) mavjudotlarni atovchi so`zlar - otlar; b) belgi - xususiyatni atovchi so`zlar – sifatlar; d) harakat - holat ifodalovchi so`zlar – fe‟llar; e) miqdorni ifodalovchi so`zlar – sonlar; f) o`rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so`zlar- ravishlar; g) taqlidni ifodalovchi so`zlar-taqlidiy so`zlar. 2.Bo`sh-ishora ma‟noli so`zlar-olmoshlar. 3.Yordamchi ma‟noli so`zlar: ko`makchi, bog'lovchi, yuklama, ko`makchi fe‟llar. So`zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga ajralishi ularning mustaqil holda ma‟no ifodalay olish qobiliyatiga ko`ra belgilanadi. O`zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo`rma-zo`rakilik bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o`rnida qo`llanuvchi so`zlar "sifatida tor doirada tushinilgan edi. Bu o`rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son o`rnida, balki fe‟l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap, hattoki matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga: - men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga; - kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar; - qanday, bunday, shunday kabi belgiga; - buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; -shunday bo`lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar ham kiradi. Ishora so`zlarning ma‟nosi matn ichida oydinlashadi. Leksemalar morfologik tasnifga ko`ra ikki tipga ajratiladi: 1.O`zgaruvchi leksemalar. 2.O`zgarmas leksemalar. O`zgaruvchi so`zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o`zgalovchi)ning qo`shimchalarini qabul qila oladi. O`zgarmas so`zlar bunday qo`shimchalarni qabul qila olmaydi. Leksemalarning morfologik imkoniyatiga ko`ra tasnifini quyidagicha beramiz: Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling