Bir ma`nolilik va ko'p ma`nolilik Ro'zimova Maftuna Reja: 1 3


Download 1.29 Mb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1788339
  1   2   3
Bog'liq
taqdimot


Bir ma`nolilik va ko'p
ma`nolilik
Ro'zimova Maftuna
Reja:
1
3
2
Leksik monosemiya
Leksik polisemiya
Ma’noning kengayishi
va ma’noning torayishi
Leksik monosemiya
Leksik monosemiya (yunoncha: monos — «bir» + semia - «belgi») - leksemaning faqat bitta ma’noga ega bo'lishi. Masalan, o'zbek tilidagi guruch leksemasi «sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma’nosini, abadiy leksemasi «mangu, doimiy» ma’nosini, tun leksemasi «sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo'lgan qismi» ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo'q. Monosemiya hodisasi o'zbek tilshunosligida bir manolilik deb ham yuritiladi. Bir ma’nolilik ko'proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o'zlashtirilgan leksemalarning boshlang'ich ishlatilish davriga xosdir: to'rtburchak (matem. termin), go'mmaxona (yangi yaratilgan leksema), supermarket (yangi o'zlashtirilgan so'z) va b.lar. Yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o'zlashtirilgan leksemalar vaqt o'tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta'sirida ko'p ma'noli so'zlarga aylanib qolishi mumkin. Atoqli otlar ham shartli ravishda monoscmantik leksemalar qatoriga qo'shiladi.
Leksik polisemiya
Leksik polisemiya (yunoncha: poli — «ko'p» + semia - «belgi») — leksemaning bir necha ma'noga ega bo'lishi. Masalan, tuz leksemasining semantik tarkibida quyidagi leksik ma'nolar bor: 1) «kislota tarkibidagi vodorod o'rnini biror metall egallashi natijasida hosil bo'Iadigan kimyoviy birikmalar» (asosiy tuzlar, sulfat kislota tuzJari)\ 2) «kimyoviy birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi» (osh tuz.i)\ 3) ko'chma: «kimsaning boshqa odamga be^gan, yedirgan-ichirgan ovqati» (tuzbermoq, tuziniyemoq): 4) ko'chma: mantiq, ma'no, mazmun: «lye-iye, bu oyimchaning gapida tuz bormi o'zi?» (I.Rahim.) Leksik polisemiya, odatda, bir leksemaning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar orasida mazmuniy bog'lanish borligiga tayanadi, shu xususiyati bilan leksik omonimiyadan farq qiladi («Leksik omonimiya» bahsiga qaralsin). Leksik polisemiyaning yuzaga kelishi ma’no taraqqiyoti qonuniyati bilan belgilanadi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling