Bir ma`nolilik va ko'p ma`nolilik Ro'zimova Maftuna Reja: 1 3
Leksik ma’no taraqqiyoti haqida
Download 1.29 Mb.
|
taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’noning kengayishi
Leksik ma’no taraqqiyoti haqida
umumiy ma’lumot So'zning leksik ma’nosi qotib qolgan, o'zgarmas hodisa emas, u ancha barqaror bo'lsa-da, ma’lum omillar ta’sirida, uzoq yillar davomida o'zgarishi mumkin. Bunday o'zgarishlarga sabab bo'ladigan omillar ikki xildir: 1) ekstralingvistik (nolisoniy) omillar - ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ong, tafak kur rivoji va b. lar. Masalan, oyoq so'zi dastlab inson a’zolaridan birini nomlagan, keyinchalik u xontaxta, kursi, stol, stul, karavot kabi mebellar- ning «oyog'i»ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyog'i, kursining oyog'i, stolningoyog'i, karavotning oyog'i kabi. Bunga inson yashab turgan muhitda turH-tuman mebel-jihozlaming paydo bo'lganligi, shu bilan bog'liq ravishda inson ongida yangi tasavvurlarning yuzaga kelganligi, nihoyat, til bilan ijtimoiy hayot, ong va tafakkur o'rtasidagi murakkab aloqalar sabab bo'lgan; 2) lingvistik (lisoniy) omillar — til birliklari ning til sistemasi ichidagi muno- sabatlari. Masalan, tilning lug'at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida bo'lishi mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi, ammo «ochiq eshik»ni «aniq eshik» deb bo'lmaydi, bunga aniq va ochiq leksemalarining ma’no xususiyatlaridagi o'ziga xoslik, ularning valentlik imkoniyatlari yo'l qo'ymaydi. Demak, leksemaning leksik ma’nosi yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida o'zgarib turadi, leksik ma’no taraqqiyoti deyilganda shular nazarda tutiladi. Bunday taraqqiyotning yo'llari ham har xildir: ma’noning ko'chishi, kengavishi va torayishi, bundagi miqdor va hajm o’zgarishlari shular jumlasidandir. Ma’noning kengayishi Ma’noning kengayishi - leksemaning ma’no hajmida tor ma’nodan keng ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov so'zi dastlab «tog'ning tepasidagi o'tloq»ni ifodalagan: qadimgi turkiy tilda yay (yay) so'zi «yoz»ni, yaylag'so'zl esa «yozlaydigan joy»ni anglatgan 1105, -226-227]. Chorvadorlar yoz payti molni tog'ning tepasidagi o'tloqlarda («yaylag'»da) boqishgan, qishda esa «yaylagk»dan «qishlag'»ga tushib yashashgan. Hozirgi paytda yaylov so'zi faqat tog'ning tepasidagi «mol boqiladigan o‘tloq»ni emas, balki umuman «mol boqiladigan maydon»ni anglatadi, bunday maydon tog'ning tepasida ham, dasht-adirlarda va hatto pasttekisliklarda ham bo'lishi mumkin. Bunday ma’no kengayishi qishloq so'zining semantikasida ham sodir bo'lgan: u dastlab «qish faslida yashaydigan joyni»ni anglatgan, hozir esa umuman «aholi yashaydigan punktning bir turi» ma’nosini ifodalaydi. Tilshunoslikda atoqli otning turdosh otga o'tishini ma’no kengayishi deb baholash holatlari ham bor [27, -86—87|. Masalan: Rizamat (atoqli ot) — rizamat (mahalliy, xo'raki va mayizbop uzum navi). Bu nav mashhur sohibkor Rizamat ota Musamuhamedov tomonidan yetishtirilgan va shu sohibkor nomi bilan atalgan (demak, so'zning ma’no hajmi kengaygan). Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling