Mavzu: Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot. Frazeologik monosemiya va polisemiya. Frazemalarning semantik turlari Ma’ruzachi: tafu dotsenti, f f. f d. (PhD) xo‘janiyazova sh. S


Download 242.47 Kb.
bet1/8
Sana19.01.2023
Hajmi242.47 Kb.
#1101727
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-ma\'ruza Frazeologiya


MAVZU: Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot. Frazeologik monosemiya va polisemiya. Frazemalarning semantik turlari

Ma’ruzachi: TAFU dotsenti, f.f.f.d. (PhD)
XO‘JANIYAZOVA SH.S.

REJA: 1.Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot 2.Frazeologik monosemiya va polisemiya 3. Frazemalarning semantik turlari

IBRAT Muvaffaqiyatsizlik – bu qayta boshlash uchun bahona, ammo donoroq. Genri Ford

TAKRORLASH


LEKSEMA VA SO’Z
NOMEMA
OKKOZIONAL MA’NO
VAZIFA SEMA
IFODA SEMA
UZUAL MA’NO
ATASH SEMA
SEMA
FRAZEOLOGIYA
FRAZEOLOGIZM
Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir.
Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi.
[tepa sochi tikka bo‘ldi], [sirkasi suv ko‘tarmaydi], [o‘takasi yorildi], [do‘ppisi yarimta], [ikki gapning birida], [boshga ko‘tarmoq].
Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi.
Frazeologiya (gr. phrasis – “ifoda”, logos – “ta’limot”) atamasi ikki ma’noda ishlatiladi:
1) tilning frazeologik tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi;
2) shu tilning frazeologizmi majmui.
Frazeologiya leksikologiya bo‘limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko‘ra qo‘shma leksema, so‘z birikmasi va gapga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq qo‘shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo‘lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi.
Frazeologizm lug‘aviy birlik bo‘lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida bir mustaqil so‘z kabi harakat qiladi - bir gap bo‘lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi: 1.Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi.(P.Tur.) 2.Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. (S.Zun.) 3. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqaradigan bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‘y berib turibdi. 4. Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak. (As.Mux.) 1- va 2- gaplarda frazeologizmlar gap markazi – kesim mavqeida, 3- gapda so‘z kengaytiruvchisi aniqlovchi va 4- gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan.

Download 242.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling