Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintaktik tasnif
LEKSEMALAR O`ZGARUVCHILAR+ O`ZGARMASLAR 0 sonlanuvchi-ot, ko`makchi, bog'lovchi, yuklama, darajalanuvchi-sifat, ravish, undov, so`z-gap. tartiblanuvchi-son, nisbatlanuvchi-fe‟l Ushbu tasnifdan ishora so`zlar va taqlidlar o`rin olmagan. Chunki olmoshlarga o`zlari ishora qilib kela oladigan barcha leksema guruhlarining morfologik kategoriyalari ham, sintaktik vazifalari ham xosdir. Bu isbot talab qilmas holatdir: ot-olmoshlar son kategoryasiga (kim-kimlar); fe‟l-olmoshlar nisbat kategoriyasiga (shunday qilishdi); son-olmoshlar: tartib kategoryasiga (necha - nehanchi); sifat-olmoshlar daraja kategoriyasiga (shunday-shundayroq) ega. Taqlidlarning esa o`ziga xos tasniflovchi morfologik kategoriyasi yo`q. Biroq ular o`zgarmas so`zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo`lishi ularning gapda qanday bo`lak bo`lib kelishi bilan bog'liq. Professor H.Ne‟matov o`zining "Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI – XII веков" nomli kitobida taqlidlarda leksemalarning ajralmagan "embrion - diffus holati" o`z aksini topganligini qayd etadi [3,192;]. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog`lana olish yoki bog'lana olmasligi, gap bo`lagi bo`lib kela olishi yoki kela olmasligi kabi xususiyatlar o`z aksini topadi. Sintaktik tasnifga ko`ra leksemalarni uch tipga ajratamiz: 1. Gap bo`lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so`z – gaplar. 2.Gap bo`lagi bolib keladiganlar – hamma mustaqil so`zlar–fe‟l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so`z – olmoshlar. 3.Sintaktik aloqa vositasi bo`lib keladiganlar–ko`makchi, bog'lovchi, yuklama. So`z-gaplar nutqda boshqa so`zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o`zi mustaqil gap bo`lib kela olish qobiliyatiga ega, ya‟ni ajralish xususiyatiga ega. Mustaqil va yordamchi so`zlar esa bog'lanish xususiyatiga ega bo`lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo`lak bo`lib kela olmaydi, ammo sintaktik jihatdan bog'lash vazifasini bajaradi. Mustaqil so`zlar esa mustaqil ravishda "muchalanadi", ya'ni gap bo`lagi bo`lib keladi. Bizningcha, quyidagi jadvalda leksemalarning serqirralik xususiyatini, ya‟ni ularning ma‟noviy, sintaktik, morfologik belgilarini umumlashtirish mumkin: Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling