Abuzalova M


Ovozga  taqlid  nazariyasi


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Ovozga  taqlid  nazariyasi.  Bu  nazariya  qadimgi  yunon  olimlari  Demokrit 
va  Platonlar  davrida  paydo  bo`lib,  XX  asrgacha  yashab  keldi.  Ovozga  taqlid 
nazariyasi  talqiniga  ko`ra,  yer  yuzida  paydo  bo`lgan  dastlabki  odamlar  ongli  
ongsiz  ravishda  tevarak-atrofdagi  turli  –  tuman  predmetlarning  tovushlariga, 
chunonchi, yirtqich hayvonlarning o`kirishi,  qushlarning sayrashi, tezoqar suvning 
shildirashi,  shamolning  uvillashi  kabilarga  taqlid  qilish  natijasida  nutq  paydo 
bo`lgan.  Masalan,  sharshara,  qarg`a,  kaklik,  chirillamoq,  shildiramoq, 
g`urillamoq;  rus  tilida:  шипет,шипение,  гавкат,  кукушка  kabi.  Agar  tillardagi, 
jumladan, o`zbek yoki rus tilidagi so`zlar faqat taqlidlardan, to`g`rirog`i, tovushga 
taqlidlardan iborat emasligini hisobga oladigan bo`lsak, bu nazariyaning u darajada 
asosli emasligini sezamiz. Va yana aytish mumkinki, tabiatda tovush chiqaradigan 
predmetlar  soni  tovush  chiqarmaydigan  narsalar  soniga  qaraganda  kamroq. 
Tovushsiz narsalarning (tuproq, tog`, quyosh, osmon, g`or, qor kabi) nomi qaerdan 
paydo  bo`lgan-u,  til  va  tafakkursiz  nutq  qanday  yuzaga  kelgan?  XX  asrning          
90-yillarida  –  Avstraliya  va  Janubiy  Amerikada  topilgan,  ibtidoiy  formatsiyani 
boshidan kechirayotgan qabilalarda – o`tkazilayotgan tajribalarning ko`rsatishicha, 
bu tillarda tovushlarga taqlid asosida paydo bo`lgan so`zlar miqdori nihoyatda oz. 
Bundan  tashqari,  tabiatdagi  tovushlarga  taqlid  qilish  uchun  insonda  nihoyatda  
rivojlangan nutq organi bo`lishi ham zarur. 
 
Demak,  ovozga  taqlid  nazariyasi  tafakkur  va  tilning  chambarchas 
bog`liqligini  inobatga  olmaydi,  til  va  nutqni  farqlamaydi,  tilning  paydo 


bo`lishidagi  ijtimoiy  zaruratni  e‟tibordan  chetda  qoldiradi.  Bu  nazariya  tilning 
paydo bo`lishi masalasini hal etmaydi.  

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling