Undov nazariyasi. Bu nazariya tilning paydo bo`lish masalasini boshqacha
talqin etadi. Ushbu nazariya tarafdorlari tildagi barcha so`zlar kishilarning his -
tuyg`ulari, qahr-g`azablari, hayajonlari ta‟sirida ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz
baqirishlari natijasida paydo bo`lgan, deb da‟vo qiladilar. Bunday so`zlarga oh
(ohlamoq), uff (uflamoq), voy (voyvoylamoq), dod (dodlamoq) kabilarni misol
keltiradilar va tildagi boshqa so`zlar esa ana shu kabi so`zlarning
kombinatsiyalaridan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar. XVIII asrda yashagan
fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu nazariya tarafdorlaridan biri bo`lgan.
Madomiki, tildagi barcha so`zlar haqiqatan ham shu nazariya tarafdorlari
aytganidek yaratilgan bo`lsa, tildagi emotsiyalardan yiroq ming – minglab
predmetlarning nomi qanday paydo bo`lgan? Tabiiyki, undov nazariyasi
tarafdorlari bu kabi savollarga javob berishga ojiz. Undov nazariyasi tilning
ijtimoiy xarakterini inobatga olmaydi, ya‟ni biologik aspektning birgina jihatiga
tayanib inson va kishilik jamiyatining paydo bo`lishini hisobga olmaydi. Bu
g`ayriilmiy nazariyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |