belgilari bilan ifodalanadi. Fonetik transkripsiyaning imkoniyatlari keng bo`lib, u
ba‟zan allofonik transkripsiya deb ham yuritiladi.
Fonologik transkripsiya so`zshakl va morfemalarni farqlay oluvchi har bir
fonema uchun bir belgi qo`yish tamoyiliga asoslanadi. Bunda fonemalar
variantlari, ya‟ni tovushlarning turlicha talaffuzi hisobga olinmaydi. Fonologik
transkripsiya belgilari vertikal chiziqdagi qavs ichida beriladi: /k/, /t/, /p/ kabi.
Transkripsiyaning bu turi fonematik transkripsiya deb ham yuritiladi.
Hozirgi kunda kirill alifbosi asosida tuzilgan rus, o`zbek va boshqa tillardagi
transkripsiyalar sistemasi mavjud. Yozuvdagi harflarni ba‟zi tuzatishlar va
o`zgartirishlar asosida tuzilgan belgilar
grafematik transkripsiya deb yuritiladi.
Tilshunos olimlar – V.V.Reshetov va Sh.Sh. Shoabdurahmonovlar tomonidan
tuzilgan grafematik transkripsiya o`zbek dialektlarida uchraydigan tovushlarni
ifodalashga mo`ljallangan. Bu transkripsiya sistemasida o`zbek kirill alifbosidagi
barcha harflar va qo`shimcha diakritik belgilar qo`llaniladi.
Olim A.K.Borovkov tomonidan taklif etilgan va keyinchalik akademik
L.V.Shcherba, professor E.V.Polivanovlar tomonidan takomillashtirilgan lotin
alifbosi asosidagi transkripsiyadan hozir ham foydalanilib kelinmoqda. Lotin
alifbosi asosida tuzilib tilshunoslikda keng qo`llaniladigan transkripsiya xalqaro
fonetik alifbo nomi bilan yuritiladi.
O`zbek tilida unli fonemalarning quyidagi variantlari bor:
Do'stlaringiz bilan baham: