Abuzalova M
Mavzu: Til va nutq munosabati
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar
Mavzu: Til va nutq munosabati Reja: 1.Til va nutqning farqlanishi. Lison va nutqni ajratishda F.de Sossyur ta‟limoti. 2.UMIS tabiatli lison va YAHBO tabiatli nutq hodisasi. 3.Lisoniy va nutqiy birliklar haqida ma‟lumot. Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar: Lison va nutq farqlanishi, F.de Sossyur ta‟limoti,tilning psixofizik hodisa ekanligi, UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) YAHVO (yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat) lisoniy birlikning shakily va ma‟noviy qiymati, lisoniy birliklar, nutqiy birliklar, fonema va tovush munosabati, leksema va so„z munosabati, morfema va qo„shimcha munosabati, qolip va hosila munosabati. Tilshunoslik boshqa fanlardan ajratilib, o„zicha alohida mustaqil fan sifatida tanilgan davrlardayoq til va nutqni farqlashga e‟tibor berilgan edi. Ammo fan taraqqiyoti tarixi davomida hamma jihatdan ham til bilan nutq bir-biridan farqlanavermadi. Shuning ucun, ko„pincha, nutqqa xos hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib kelindi. Tilshunosligimizning keyingi taraqqiyotida til va nutqni farqlashga jiddiy e‟tibor berilmoqda. Til va nutq hodisalariga o„zaro farqlab yondashishni dastlab VIII-IX asrlarda arab tilshunosligida, keyinchalik V.Humbold, A.Shteyntal, Boduen de Kurtene ta‟limotlarida uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni ilmiy va amaliy farqlash, shu tushunchalarni batamom yangi mazmunda qo„llash F.de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta‟limot bilan bog„liqdir. Lison(til) va nutqning farqlanishi,tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholandi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o„zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o„zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o„rnida til atamasi qo„llanilib, bu so„z ko„p ma`nolilik tabiatiga ega bo„lganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarardi, chunki insonning nutq so„zlash qobiliyati ham, nutqi ham shu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa bir ma‟nolilik xosdir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling