Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Adabiyotlar: 1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996. 2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979. 3. Мўминов С. Сўзлашиш санъати., “ Фарғона”, 1997. 4. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари.Т., “Ўқитувчи”, 1995. 5. Реформатский А. Введение в языкознание. 4-е. М., Просвещение. 1967. 6. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981. 7. ЎзСЭ. 11-сон, Т., 1978, 101-104 –б. Mavzu: Til va tafakkur masalalari Reja: 1.Til va tafakkurning o`zaro bog`liqligi. 2.Mantiq va tilshunoslik. 3.Umumiy xulosalar. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Til va tafakkur, ong, bilish, mantiqiy kategoriyalar, grammatik kategoriyalar, aqliy bilish, hissiy bilish, mantiqiy va til kategoriyalarining mos tushish va tushmaslik hodisasi. Til va tafakkur munosabati tilshunoslik fanining asosiy masalalaridan biri sanaladi. Tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo`lmaganidek, tafakkursiz til o`z ifodasini shakllantira olmaydi. Shular bilan bog`liq yana falsafiy, psixologik ong tushunchasi ham mavjud. Ong ijtimoiy-psixologik hodisa bo`lib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong biologik hodisa bo`lib, mantiqiy fikriy faoliyatni o`z ichiga oladi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish bu obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil bilish farqlanadi: 1. Sezgilar orqali bilish. 2. Aqliy bilish va tafakkur. Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a‟zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan. Aqliy bilish esa insonlarga xos bo`lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega bo`ladi. Mana shu jarayon tafakkurdir. Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok kabi tushunchalar bilan uzviy bog`liq bo`lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur – miyaning oily mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati jarayonida paydo bo`ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo`lgan mehnat va nutq faoliyati bilan chambarchas bog`liq holdagina mavjuddir. Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa chiqarishga, isbotlashga bo`lgan qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, psixologiya, gnoseologiya, kibernetika va sh.k.) tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi vaqtda tafakkurni turli kibernetik qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan. Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushunchalar bilan bog`liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham zich aloqador ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi tilshunoslik fanining o`rganilish doirasiga ham kiradi. Har qanday fikr so`zlarda o`z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo`ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa haqida til vositasisiz, so`z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til – bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud bo`lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma‟noga ega bo`lmagan, faqat ma‟lum tovushlar tizimidan iborat bo`lgan so`zlar muayyan tushunchani ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash funksiyasini bajarmagan bunday so`zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi. Xullas, til va tafakkur munosabati o`zaro dialektik aloqadorlikda bo`lib, birgalikda rivojlanish va ta‟sir etish qonuniyatlariga amal qiladi. Ammo til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Til grammatikaning o`rganish manbayi bo`lsa, tafakkur logika (mantiq) ilmining manbayidir. Shunga ko`ra mantiqiy kategoriyalar (tushuncha, subyekt, predikat, hukm va sh.k.) bilan grammatik kategoriyalar (so`z, ega, kesim, to`ldiruvchi….) farqlanadi. Mantiq birliklari umumiy, mavhumdir. Til birliklari, ayniqsa, nutqiy birliklar real, voqeiydir. Mantiqiy kategoriyalar umumiy, metodologik bo`lganligi bilan tillardagi grammatik kategoriyalar o`ziga xosdir.Chunonchi, rus tilida otlarning jonli va jonsizligini ifodalash kategoriyasi mavjudki, bu o`zbek tili uchun xos hodisa emas. Одушевленные Кто? Она Девочка Koтѐнок Неодушевленные Что? Оно Стол Kнига Rus tilida rod kategoriyasi mavjud bo`lib, u mantiqiy jins kategoriyasi bilan muvofiq va nomuvofiq holatda turishi kuzatiladi. Masalan, мужчина, дедушка “женский род”ni ifodalaydi, ammo jins kategoriyasi jihatidan erkak (мужской пол)lik belgisiga ega. Demak, mantiqiy jins kategoriyasi grammatik rod kategoriyasi bilan nomutanosiblik hosil qilgan. Mantiqiy sifat va miqdor kategoriyasi o`zbek tili grammatikasida ham ifodalanadi. Сhunonchi, mantiqiy sifat kategoriyasi sifat so`z turkumi ichida turli usullar (morfologik, leksik- semantik, takror) bilan aks ettirilishi mumkin. Falsafiy miqdor ma‟nosi esa son kategoriyasida o`z ifodasini topadi (birlik va ko`plikda). Grammatikada miqdor ma‟nosini ifodalash son so`z turkumi (yigirmata talaba), ravish so`z turkumi (ancha, picha), takrorlar (qop-qop un) orqali ham ifodalanadi. Xullas, til bilan tafakkur bir-biridan ajralmas dialektik birlikni tashkil etuvchi, ammo o`z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega bo`lgan hodisalardir. Til bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo`lsa, ularni bir-biridan ajratish ham shunchalik xatodir. F.de Sossyur ta‟biri bilan aytganda: “Язык можно сравнить также с листом бумаги. Мысль – его лицевая сторона, a звук оборотная… ”, demak, tilni fikrdan ajratish mumkin emas. Fikr va tilda voqeiy turmush, hayot namoyon bolishi lozim. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling