Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Ko`k toqini bizga taxti Sulaymon qildi.
Lekin e‟lon o`qiganda o`zbek tilini Davlat tili bo`lganiga pushaymon qildi. Mashhur Robinzon Kruzoni eslang. U kimsasiz orolga tushub qolganda uzoq yillar davomida unga tildan foydalanishga deyarli ehtiyoj sezilmaydi. Tilning kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko`ra sof ijtimoiy hodisa ekanligini isbotlovchi bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Ammo til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatdagi boshqa ijtimoiy hodisalardan farq qiladi. Faqat jamiyatning mavjudligi bilan bog`liq bo`lib, jamiyat uchun xizmat qiladigan ijtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda ko`p. Ideologiya, bazis, ustqurma, demokratiya, pul muomalasi kabilar ham ijtimoiy hodisalar bo`lib, ularning jamiyatda bajaradigan vazifalarining o`z xususiyatlari va ma‟lum doirada qo`llanilish chegaralari bor. Chunonchi, ideologiya-muayyan jamiyatdagi siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarashlar va g`oyalar sistemasi; bazis jamiyatning iqtisodiy tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning siyosiy, huquqiy, ideologik me‟yorlarini belgilab beruvchi hodisalardir. Jamiyat bo`lmagan joyda demokratiya, ya‟ni xalq ommasining boshqaruv ishlarida qatnashuvi yoki fuqarolarning siyosiy huquqlardan foydalanish imkoniyatlari haqida gapirish mumkin emas. Pul muomalasi haqida ham shunday fikrni aytish o`rinlidir. Kishilik jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar o`zgarib turadi. Bu o`zgarish har bir tuzumga tegishli bo`lgan bazis, ustqurma, ideologiya kabilarni ham yangilaydi. TIL esa na bazis, na ustqurma, na ideologiyadir. Tilning yuqorida sanab o`tilgan ijtimoiy hodisalardan eng katta va asosiy farqi shundaki, til jamiyat faoliyatining barcha-barcha sohalariga xizmat qiladi. Til tuzumlar o`zgarishi bilan butkul yangilanmaydi, o`z xususiyatini, vazifasini o`zgartirmaydi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan, sayqal topib borayotgan aniq-tarixiy me‟yor sifatida jamiyat a‟zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy fikr ifodalash vositasidir. Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi. “Kommunikativ” so`zi rus tilidan olingan lingvistik atama bo`lib, “fikr almashuvga oid” degan ma‟noni ifodalaydi. Kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini, istak-xohishlarini, ichki kechinmalarini ifoda etib, bir- birlariga axborot yetkazishlari, ya‟ni tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi uning kommunikativ vazifasi hisoblanadi. “Ekspressiv” so`zi latincha so`z bo`lib, asl ma‟nosiga ko`ra “kuchaytirilgan” demakdir. Bu atama tilshunoslikka ko`chma ma‟nosi bilan kirgan bo`lib, “kuchli hissiy obrazlilik xususiyati” degan ma‟noni ifodalaydi. Tilning asosiy vazifasi kommunikativ funksiya bo`lsa-da, biroq kishilar aloqa-aralashuv jarayonida bildirilayotgan fikrga yoki tinglovchiga yetkazilayotgan axborotga o`zlarining turli tipdagi hissiy-ta‟siriy, ya‟ni emotsional munosabatlarni ham qo`shib ifodalaydilar. Bu hodisa, ya‟ni tilning suhbatdoshga ta‟sir ko`rsatish xususiyati uning ekspressiv vazifasi deyiladi. Emotsional munosabatlar suyish, erkalash, nafrat kabi insonga xos bo`lgan qator jihatlarni qamrab oladi. Til faqat kishilar o`rtasidagi aloqa vositasi bo`lmay, millatlararo, davlatlararo aloqa quroli hamdir. Bundan tashqari til kishilik jamiyatida asrlar davomida to`plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu xususiyati uning Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling