БОМБЫ ВУЛКАНИЧЕСКИЕ-BOMBS VOLCANIC-Vulqon bombalari-vulqon harakati natijasida uning murisidan otilgan lava parchasi. Ular plastik yoki suyuq holatda otilib chiqib, havoda uchishi natijasida xar xil shakllarda (ioksimon, tuxumsimon,sharsimon, lentasimon va x. k) qotib qoladi. V. b. larining ichki qismi g‘ovaksimon, tashqi ko‘rinishi oynasimon. Shakli magma tarkibiga bog‘liq.
БОСТОНИТ-BOSTONITE-BOSTONIT (Boston sh. AQSH)-ishqorli, tomirli magmatik t. j. Sienit-porfirlarning bir turi. Bu t. j. da rangli m-llar deyarli bo‘lmaydi. Tarkibida asosan kaliy-natriyli dala shpati — mikroklii-pYertit, biroz anortoklaz va ortoklaz bor. Kamdan-kam biotit va amfibol mavjud. B. odatda ishqorli t. j. lari bilan birga uchraydi.
БРАХИАНТИКЛИНАЛЬ-BRACHIAN-TICLINE-BRAXIANTIKLINAL (yunon qisqa, kalta)-antiklinal burma; asosiy belgilari, eni uzunasiga teng. Ellips shaklida.
БРАХИСИНКЛИНАЛЬ-BRACHYSY-NCLINE-BRAXISINKLINAL-sinklinal burma, odatda, ellips shaklda. Qatlamlarning yotishi uning qanot chekkasidan qulfiga yunalgan bo‘ladi. Yuqori qismidagi qatlamlar ellips shaklida bo‘lib, yuvilgan B. yuzasini ifodalaydi, uning ichki qismida yosh, chekkasida esa qadimiy jinslardan tashkil topgan bo‘ladi.
БРЕКЧИЯ-BRECCIA-BREKCHIYA-yirik parchalangan toshlardan iborat sementlashgan t.j. bo‘lakchalari bir necha sm. dan 1-2 m gacha bo‘ladi. Tarkibiga ko‘ra bir jinsli xamda ko‘p jinsli. Tabiatda vulkanik, cho’kindi va tektonik B. keng tarqalgan. B. da to‘ldiruvchi matYerial (ya’ni sement) mavjud. B. t. j. ning emirilishi, harstlarning qulab tushishi, dayvon suyaklari, vulqonik jinslarning lavalar va loyqalar bilan sementlashishidan paydo bo‘ladi.
БРИЛЛИАНТ-DIAMOND-BRILLIANT-sayqal bYerilgan olmos (k- Olmos).
БРОНЗИТ-BRONZITE-BRONZIT-mine-ral, rombik piroksenlar izomorf seriyasining oragank turi: enstatit-fYerrosilit (Rk) miqdori 12-30%. V.N.Lodochnikov ma’lumotiga ko‘ra, bronzitda temir oksidining (ReO) miqdori 5-14% bo‘ladi. Charnokit, norit va ba’zi bir o‘ta asos t.j.lari uchun xaraktYerli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |