Abyssal-abissal


ГОДОГРАФ — HODOGRAPH GODOGRAF


Download 1.55 Mb.
bet50/282
Sana12.10.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1699475
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ГОДОГРАФHODOGRAPH GODOGRAF (yun.— yul va yozish )— seysmologiyada seysmik to‘lqinlarning manbadan kuzatish nuqtasigacha etib kelish vaktining masofaga bogliqligini ko‘rsatadigan grafik. G. quyidagicha farqlanadi: ba’zi bir maydonlarda o‘tkaziladigan kuzatishlar Yer yuzasining bir chizig‘i atrofida olib borilsa, chiziqsimon G. deyiladi. Shunda qo‘zgatish manbai kuzatish chizigida joylashgan bo‘lsa, bo‘ylama G., kesim chizig‘idan uzoqrokda joylashgan bo‘lsa, ko‘ndalang G. deb ataladi. Seysmik qidiruv ishlarida ko‘pincha chiziqsimon G. ko‘llanadi. Bir manbaga tegishli kuzatish maydonidan oliigan va shu maydonning ikki tomonida joylashgan qo‘sh G. harama-qarshi G. deyiladi. Seysmik to‘lqinlar G. seysmik qidiruv hakida asosiy manba hisoblanadi. Ularga asoslanib, to‘lqin turlari to’g’ri, qaytarilgan, sinik va chuqurlashgan sari tezlik o‘zgarishi qonuni, chuqurligi, qaytarilgan va sindirilgan yuzalariga shakli aniqlanishi mumkin.
ГОЛОЦЕН — HOLOCENE GOLOTSEN (yunon. ke— yangi)buyicha vyurm muzligidan keyin hosil bo‘lgan to‘rtlamchi qatlamlar. Pastki chegarasi — 10ming yil. Sin.: muzlikdan keyingi davr, hozirgi zamon cho’kindilari.

ГОМОГЕНИЗАЦИЯ — HOMOGENIZATION GOMOGENLANISH yakka tarkibli, ikki yoki ikkidan ortiq fazalardan iborat tizimning bosim va harorat o‘zgarishi tufayli bir fazali — gomogen tizimga aylanish jarayoni. Gomogen tizimlarda tarkibi fizik xossalari bir-biridan ajralib turadigan qismlar bo‘lmaydi. G. fizik kimyo tizimi bo‘lib, geologiyaning genetik mineralogiya, petrologiya, asosan termobarogeoximiya sodalarida keng qo‘llaniladi.
ГОНДВАНА — GONDWANA GONDVANA J an . ya. sh. da mavjud bo‘lgan taxmini qit’a. Hindistondagi Vana viloyatidagi gondlar kabilasi nomidan olingan. G. ko‘pgina geologlarning fikricha, paleozoy (toshko‘mir davri) va qisman mezozoy Yerasida (yura davri) mavjud bo‘lgan. G. geologik kesmasining kuyi qismi muzlik tillitlaridan, yuqori qismi esa ko‘mir qatlamlaridan tuzilgan. Ayni shu yoshdagi va Tuzilishdagi yotqiziklar J an. ya. sh., dagi boshqa qit’alarda xam uchraydi. G. J an. Amerikaning katta qismini, Afrikaning eng shimoli b-n eng janubidan tashqari hamma qismini, Arabiston ya. o. ni, Hindiston ya. o. ni. Avstraliyani va Antarktidaning ko‘p qismini o‘z ichiga olgan. Bu qit’alar bir-birndan okean tubining spredingi tufayli bo‘linib ketgan, natijada Hind va Atlantik okeanlari paydo bo‘lgan. G. ning shim. ya. sh. dagi taxminiy tengkuri Lavraziya hisoblanadi. Bu ikki o‘ta katta qit’alarning bir butun bo‘lganligi Pangeya deb atalgan.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling