ГРАНОДИОРИТ — GRANODIORITE GRANODIORIT — nordon intruziv t. j . G. tarkibida kvars 20—25%, kaliyli dala shpati 20—25% plagioklaz 40—45% va rangli minerallar 15—20% gacha mavjud; rangli minerallardan amfibol, biotit, goho piroksen xam bor. Tuzilishi to‘la kristalli gipidiomorf va porfirsimon, teksturasi massiv. G.ning porfirsimon turi Qurama, Nurota, Bukantov, Kuljuktov, Ovminzatov, Tomdi torlarida ko‘p tarqalgan. Saytsal berilgan G. lar qurilishda keng ishlatiladi.
ГРАНОСИЕНИТ — GRANOSYENITE GRANOSIENIT — Yer po‘stining chuqur qismida hosil bo‘lgan magmatik jins. Mineral tarkibiga ko‘ra granit bilan sienit oralig‘idagi jins, ya’ni kvars minerali miqdoriga ko‘ra granitga yaqin bo‘lsa, kaliyli dala shpati miqdoriga ko‘ra siyenitga yaqin jins. Sinonimi sienito-granit, ba’zan uni kvarsli sienit, deb xam ataydilar. Tuzilishi to‘liq kristallangan gipidiomorf, teksturasi massiv. Mineral tarkibi — kaliyli dala shpati (ortoklaz, mikroklin yoki pYertit) 50—70%, kvars 15% dan ko‘proq, plagioklaz 10—30%, rangli mineral (rogovaya obmanka, ba’zan biotit va avgit) 10— 20% gacha. Aksessor minerallardan ko‘pincha apatit, sfen, sirkon va magnetit uchraydi. Gurama tog‘larida ko‘p tarqalgan.
ГРАНУЛИТ — GRANULITE GRANULIT — tarkibida qora tusli minerallar kam bo‘lgan metamorfik t.j. Uning tarkibiga dala shpati (mikropertit, ortoklaz), ba’zan albit yoki nordon plagioklaz mayda donali agregat tariqasida, kvars, ba’zan biotit, piroksen, sillimanit, apatit, sirkon va boshqalar kiradi. Tarkibidagi minerallarga qarab, unga har xil nom beriladi (biotitli granulit, piroksenli granulit). G. ichida rangli m-llarning ko‘payishi va struktura xususiyatlari o‘zgarishi natijasida granulit — granulit gneysi orqali gneysga o‘tadi.
ГРЕЙЗЕН — GREISEN GREYZEN — granit va b. nordon jinslarning magmadan ajralib chiqqan gaz va issiq suv ta’sirida bo‘lgan jinslarning umumiy nomi. O‘zgarmagan jinslarda dala shpatining, kvars va tiniq slyudalar bilan o‘rin almashishi greyzenlashish deyiladi. G. tarkibida kvars, muskovit, xamda topaz, flyuorit, turmalin va xlorit mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |