Abyssal-abissal


Download 1.11 Mb.
bet46/282
Sana06.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1333404
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   282
Bog'liq
LUG\'AT 185

ГЕТИТ — GOETHITE GYOTIT — m-l. Kimyoviy ifodasi — Re20 3-p N02. Nemis shoiri Gyote (1749—1832) sh arafiga quyilgan. Romb singoniyali. Rangi och to‘k qo‘ng‘irdan qoragacha. Qat. 4,5—5,5. S o g’ . 4—4,4. Uzoq qizdirilganda kuchli magnit tortish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi va gematitga aylanadi. NS1da sekin Yeriydi. Kristallari kam ko’zga tashlanadi. G. temir sulfidlari bilan uchraydi. Harbonat, siliqat va
tarkibida ikki valentli temir ishtirok etuvchi boshqa xil minerallarning parchalanishi hamda oksidlanishidan kelib chiqadigan tuzlarning gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu m-L, doimo, Yer yuzasining eng ustki qismida kislorod va suv yetarli sharoytda hosil bo‘ladi. G. temir rudasi hisoblanadi.
ГИАЛОКЛАСТИТ — HYALOCLASTITIS GIALOKLASTIT (fanga Ritman kiritgan, 1958 y.)— suv osti vulkanlari faoliyati natijasida qosil bo‘lgan bo‘lakli vulkanik tog‘ jinsi. Sharsimon (pillou) lavalarining qotishi natijasida ularning yuzasida 10—15 sm qalinlikdagi oynasimon pust paydo bo‘ladi. Lavaning oldinga surilishida, oqishida ana shu pust sinib, yuvilib, G. vuj udga keladi. Bundan tashqari lava suv bilan uchrashganda parchalanib, G. hosil qiladi.
ГИПЕРБАЗИТЫ — HYPYERMAFIC GIPERBAZITLAR (yunon— odatdagidan ko‘p va asos)— Yer pustining chuqur qismida magmaning sekin-asta sovib qotishidan hosil bo‘ladigan asosli intruziv jinslarning umumiy nomi. Tarkibida olivin, piroksen, amfibollar bor. Rangi yashil, qoramtir. O‘zbekistonda Sulton Uvays, Beltor,Shayharoz, Nurota tog‘larida uchraydi. G. bilan xromit, platina, olmos,titan, nikel konlari bog‘lik. G. binokorlikda bezash matYeriali sifatida va haykaltaroshlikda ishlatiladi.
ГИПЕРГЕНЕЗ — HYPYERGENESIS Gipergenez — Yerning ustki qismida havo va suvning ta’sirida t. j .lari tarkibining o‘zgarishi. G. chuqur bo‘lmagan Yer qatlamlarida harorat, bosim, vodorod va kislorod ionlari xamda bakteriyalar ta’sirida fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlarga olib keladi.
ГИПЕРСТЕН — HYPYERSTHENE GIPERSTEN (yunon. reg — odatdagidan ko‘p, ortik va kuch,qattiklik) — piroksenlar guruxiga oid m-l. Kimyoviy ifodasi (Re,M)2 Romb singoniyali. Enstatit (Ep) fYerrosilit (Rk) izomorf qatorining a’zosi. Tarkibida 30—50% Ra va 50—70% Ep, kushimcha sifatida ba’zida A1, I uchraydi. Prizmasimon yaxshi rivojlangan kristallari kam uchraydi; odatda noto‘g‘ri shaklli donachalar va yirik donali agregatlar hosil qiladi. Rangi qo‘ng‘ir qoramtir to‘k yashil, to‘k jigarrang va qora chizig‘i kulrang. Shishasimon yaltiraydi. qovushqoqligi (210) yuzasi bo’ylab mukammal. Qat. 5,5—6, S. og. 3,3—3,5. Tarkibida temir miqdori ko‘payishi b-n nur sindirish kursatkichi muntazam ravishda oshadi. Asosan magmatik jinslarga (norit, gabbro-noritlarga) xosdir. Ba’zan charnokit, granulit va gneyslarda ham uchraydi. Ayrim hollarda vulkan jinslari (traxit, datsit, andezit va bazalt) tarkibida ham bo‘ladi. O‘zbekistonda Nurota va Morguzar, Qurama va Chotqol tog‘larining vulkan jinslari, ba’zi gabbroid massivlarida, dolerit va diabaz daykalarida mavjud.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling