“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue


“Academic Excellence on Science and Research”


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1239736
1   2   3   4   5   6
“Academic Excellence on Science and Research”
 
Special Issue | 2022
 
Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608 
www. sciencebox.uz/ 
468
ne‟matlarning jamiyat a‟zolari o‟rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlashni ta‟minlashdan 
iborat. 
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Soliq siyosati – davlatning 
soliqqa tortish tizimi borasidagi farmon, qonun va qarorlarini davlat iqtisodiy siyosatiga mos 
ravishda ishlab chiqish va qabul qilish, ularning ijrosini ta‟minlashni tashkil qilish bilan bog‟liq 
chora-tadbirlar, faoliyatlar yig‟indisidir. 
Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga, 
tadbirkorlarni har tomonlama qo‟llab-quvvatlashga, aholi turmush darajasini yaxshilashga faol 
ta‟sir etishi lozim. 
Binobarin, soliq siyosati - bu nafaqat soliq qonunlarining avtomatik bajarilishi, balki ularning 
takomillashuvidir. 
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo‟nalishlariga asosiy e‟tibor 
qaratiladi: 
 soliqlarning fiskallik darajasini kamaytirib borish; 
 xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlarning moliyaviy xo‟jalik faoliyatiga qulay imkoniyat va iqtisodiy 
shart-sharoit yaratish; bozorga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashtirish
 davlatning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi vazifalarini bajarish uchun zarur bo‟lgan moliyaviy 
manbalarni yaratish; 
 ish bilan bandlik muammosini bartaraf etishga sharoitlar yaratish, kam ta‟minlanganlarga 
yordam berish; 
 aholi turmush darajasini yaxshilanishini ta‟minlash, soliqqa tortilmaydigan minimumlarni 
iqtisodiy rivojlanish darajasi va imkoniyatlariga qarab oshirib borish;
 “Iste‟mol savatchasi” ga kiruvchi moddalarni ko‟paytirib borish va boshqalar. 
Davlat soliq-byudjet siyosatining strategik vazifasi davlat mablag‟larini tuzilmaviy qayta 
qurishni, iqtisodiy mustaqillikni va oxir-oqibatda aholi farovonligining oshishini ta‟minlash 
uchun rivojlanyotgan bozor iqtisodiyoti va uning infratuzilmasiga maqsadli ta‟sir 
ko‟rsatishgayo‟naltirishdan iborat. Bu erda byudjet-soliq siyosati deganda, davlatning byudjet 
daromadlarini optimal shakllantirish va davlat xarajatlarini ratsionalizatsiya qilish uchun soliq 
olishni takomillashtirish sohasidagisiyosati tushuniladi. 
Ayni paytda soliq-byudjet siyosati ishchlab chiqarishni o‟stirishga vayning samaradorligini 
oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida huquqiy va jismoniy shaxslar 
daromadlarini ko‟paytirishga qaratilgan bo‟lishi lozim. Byudjet-soliq siyosatining xususiyati 
shundaniboratki, u nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta‟minlash va kelibtushgan pul 
mablag‟larini xarajat qilish, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning 
past darajasini, aholining optimali bandligini ta‟minlashi zarur. 
Soliq-byudjet siyosati tor ma‟noda makroiqtisodiy barqarorlik vamustahkam iqtisodiy o‟sish, 
iqtisodiyotda tarkibiy o‟zgarishlarni ta‟minlash,tashqi iqtisodiy faoliyatni va bosqichma-bosqich 
valyuta bozorinierkinlashtirish, aholining barqaror moddiy farovonlngini ta‟minlash vaaholining 
ijtimoiy himoyasini oshirish kabi umumdavlat makroiqtisodiyvazifalarni ta‟minlashga 
yo‟naltirilgan. 
Soliq-byudjetsiyosati amaliyotda amalga oshirish nuqtai nazaridan birlamchi vazifalar o‟rtasida 
tug‟ri muvofiqlikni aniqlash muhim hisoblanadi Boshqacha aytganda, byudjet-soliq siyosati 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling