“Academic Excellence on Science and Research” Special Issue
“Academic Excellence on Science and Research”
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
“Academic Excellence on Science and Research”
Special Issue | 2022 Journal of Advanced Research and Stability ISSN: 2181-2608 www. sciencebox.uz/ 469 doirasida umumiy strategiyani ishlab chiqish bilan bir qatorda navbatdagi amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlarga faqat to‟g‟ri urg‟u berish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin. Bozor munosabatlariga o‟tishning muayyan bosqichi vazifalariga mos ravishda byudjet-soliq siyosati instrumentlari ham o‟zgarib boradi. Milliyi qtsodiyotimizni isloh qilishning bugungi kundagi eng muhim vazifalrdan biridavlat byudjeti daromad va xarajatlari muvofnqligini ta‟minlashga qaratilgan. Soliq-byudjet siyosatining muvofiqligini ta‟minlashga qaratilgan. Byudjet-soliq siyosatining strategik vazifasi davlat xarajatlarini tuzilmaviy qayta ko‟rishni, daromadlarning yangi manbalarini izlab topishni, iqtisodiy mustaqillikni va oxir-oqibatda aholi farovonligining oshishini ta‟minlash uchun rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga maqsadli ta‟sir ko‟rsatishni yo‟naltirishdan iborat. Bunda byudjet-soliq siyosati davlatning byudjet daromadlarini byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishining o‟zgarishiga qarab shakllantirish, daromadlarni oqilona sarflash mexanizmini ishlab chiqish sohasidagi siyosat tushuniladi. Davlat byudjeti siyosati davlatning daromadlari va xarajatlarini ratsionalshakllantirish, byudjet bo‟g‟inlari o‟rtasidagi munosabatlarni tartibga solish,mhalliy byudjetlar manfaatlarini muvofiqlashtirib turishni ta‟minlashilozim. Ayni paytda, byudjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni o‟stirishga va uning samaradorligini oshirishga soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida huquqiy va jismoniy shaxslar daromadlarini ko‟paytirishga qaratilgan bo‟lishikerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq-byudjet siyosatining asosiy vazifalari iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonining pasayib ketishiga yul qo‟ymaslik, ya‟niishlab chiqarishni rag‟batlantirishga yunaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‟llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi. O‟zbekistondagi soliq-byudjet siyosatining xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: hukumat ijtimoiy-iqtisodiy va byudjet-soliq siyosatining o‟zaro bog‟lanilganligi va bir-birini to‟ldirishi; soliq-byudjet siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy yuksalishni rag‟batlantirishga erishish hamda uni mustahkamlashga yo‟naltirishi; soliq yig‟imini oqilona usulda tashkil etish va soliqlarning rag‟batlantiruvchi rolini ta‟minlanishi; byudjet xarajatlarining ijtimoiy maqsadlarga yo‟naltirilishi. Rag‟batlantiruvchi soliq-byudjet siyosati soliqlarni kamaytirish hisobiga iqtisodiyotning davriy tushishini bartaraf etish yoki davlat byudjeti xarajatlarini oshirishga yo‟naltirilgan bo‟ladi. Chegaralovchi soliq-byudjet siyosati esa, soliqlarni oshirish hisobiga inflyatsiya darajasini pasaytirish yoki davlat xarajatlarini qisqartirish vaiqtisodiyotning davriy ko‟tarilishini chegaralashga yo‟naltirilgan bo‟ladi. Xulosa qilib aytganda, soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimining asosini tashkil etadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularni to‟g‟ri yo‟naltirish samaradorligini oshirish va ijtimioy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‟minlashda soliq-byudjet munosabatlarining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta‟minlashga, samarali soliq va byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling