Acer- «Acer» so‘zi lotinchadan «sezgir, o‘tkir ko‘zli, shiddatli» deb tarjima qilinadi. Adobe


Download 37.5 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1100924
Bog'liq
Mashhur kompaniya nomlari


Acer- «Acer» so‘zi lotinchadan «sezgir, o‘tkir ko‘zli, shiddatli» deb tarjima qilinadi.
Adobe – kompaniya asoschisi Jon Vornok (John Warnock)ning uyi atrofidan oqib o‘tgan daryo Adobe Creek sharafiga qo‘yilgan.
Adidas – firma asoschisi Adi Dasler nomidan olingan.
Apple- Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Apple (olma) – kompaniya asoschisi Stiv Jobsning (Steve Jobs) sevimli mevasi. Boshqa ma’lumotlar bo‘yicha – kompaniya asoschiloyihachilaridan birining sevimli olmasidir. Yangi biznes uchun nom topishga uch oy mobaynida natijasiz urinishlardan so‘ng Stiv Jobs o‘z sheriklariga shunday shart qo‘ygan: «Agar soat 5 gacha yaxshiroq nom topmasangiz, kompaniyani Apple deb atayman». Aftidan, yaxshiroq nom topa olmaganga o‘xshaydilar.
ASUS- bu savdo belgisining nomi Pegasus (pegas) so‘zidan kelib chiqqan. Pegas qadimiy yunon mifologiyasida ilhombaxsh, sevimli qanotli otdir. Kompaniya nomi ro’yxatlarda(alfavit bo’yicha) birinchi turishi uchun Pegasus so’zidan p harfini olib tashlab, Asus nomini qoldirganlar
Canon- Kompaniyaning nomi buddadagi rahmdillik ma’budasi Kwanon (uning o‘zi bodxisatva Avalokiteshvara) sharafiga nomlangan. Biroq jahon bozorlariga chiqish bilan diniy tashkilotlar noroziliklarining oldini olish maqsadida nomi o‘zgartirilib, Canon deb ataladi.
Cisco nomi —Kaliforniya shtati San-Fransisko (San Francisco) shahrining qisqartirilgan nomidan olingan. Avvaliga, kompaniya asoschilari o‘z kompaniyalari uchun nom tanlaganlarida egallab bo‘lingan yoki foydalaniladigan nomlarga duch kelgandilar. Oxir-oqibat, kimdir birinchi «c» kichik harfi bilan «cisco» nomini taklif etadi («CISCO» nomli kompaniya mavjud edi). Bundan tashqari, boshqa taxminlar ham mavjud, ularga qaraganda, kompaniyaning nomi dastavval San-Francisco Systems sifatida atalgan va yozilgan, ammo ro‘yxatdan o‘tish jarayonida advokatning (yoki notariusning) xato harakati kompaniya nomi bilan titul varag‘i yirtilishiga olib kelgan. Kompaniyaning bo‘lajak egalari buni alomat deb tushunib, cisco Systems nomini kichik harf bilan qayd etganlar.
Coca-Cola- Bu ichimlik koka daraxti barglari va kola nomli tropik daraxt yong’og’idan tayyorlangani uchun Coca-Cola deb nom berilgan.
Corel – kompaniya asoschisi Mayk Kouplend (Dr. Michael Cowpland) sharafiga. Kengaytmasi – COwpland REsearch Labaratory – Kouplendning tadqiqot laboratoriyasi.
Daewoo – kompaniya asoschisi Kim Vu Chong firmasiga kamtargina qilib “Buyuk koinot” deb nom bergan.
Fuji – Yaponiyadagi eng baland tog‘ Fudzi nomidan.
Google – 100 ta nol bilan ifodalanadigan birlik – Googol so‘zidan olingan. Mazkur dastur g‘oyasi mualliflari birinchi investordan Google so‘zi yozilgan chek olishgan. Keyin yaratilajak qidiruv sistemasiga shu nom berilgan.
HP (Hewlett-Packard) – asoschilar Bill Xyulett (Bill Hewlett) va Deyv Pakkard (Dave Packard) kompaniya nomida kimning ismi birinchi qo‘yilishi uchun tanga bilan qur’a tashlagan. Sezganingizday Bill g‘olib bo‘lgan.
Hyundai – koreychada “hozirgi”, “ayni vaqtdagi” degan ma’noni anglatadi.
Kodak – “K” kompaniya asoschisi Jorj Istmenning sevimli harfi bo‘lgan. U mana shu “yoqimtoy” harf bilan boshlanib, shu harf bilan tugallanadigan so‘z qidiradi. Bundan tashqari K dunyoning deyarli barcha alfavitlarida bir xil shaklda yoziladi. Oxir-oqibat Kodak so‘zi tanlangan. Nom beruvchilarning fikricha, fotokamera suratga olganda aynan shunday tovush chiqararmish.
Mitsubishi – kompaniya asoschisi Yataro Ivasaki 1870 yilda o‘ylab topgan, yapon tilida “Uch brilliant” degan ma’noni anglatadi.
Nissan – dastlab Nichon Sangio – “Yapon sanoati” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Nokia – Finlandiyaning Nokia shahridagi yog‘ochni qayta ishlash zavodi ko‘p yillik taraqqiyot va o‘zgarish natijasida rezina idishlar va turli texnik buyumlar ishlab chiqara boshladi. Zavodga shahar nomi berildi.
Siemens – mazkur kompaniyaga Verner fon Simens (Werner von Siemens) tomonidan asos solingan.
Xerox – ixtirochi Chastor Karlson o‘z uskunasi nomida “quruq” degan ma’noni anglatmoqchi bo‘lgan. Chunki o‘sha davrdagi nusxalash dastgohlari nam bilan ishlardi. “Xer” – yunonchada quruq degan ma’noni anglatadi.
Yahoo – mazkur so‘zni ilk bor Jonatan Sfift “Gulliverning sayohatlari” kitobida ishlatgan. Yoqimsiz odamlarni shunday atashgan. “Yahoo”ning asoschilari Jeri Yang va Devid Filo aynan shu nomni tanlaganlar. Chunki ular o‘zlariga shunday nom berganlar. Lekin hozir kompaniya ismi boshqacha talqin qilinadi. U Yet Another Hierarchical Officious Oracle so‘zining qisqartmasidan olingan deb hisoblanadi.
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling