XVIII asr oxiri – XIX asrda fan va texnika sohalaridagi juda ulkan yutuqlar sanoat inqilobiga olib kelgan.
XV–XVII asrlarda yevropalik sayyohlar tomonidan Afrika, Amerika, Osiyo va Okeaniyaga dengiz yo‘llarining ochilgan va hududlarda yangi yerlarning kashf etilishi tarixda Buyuk geografik kashfiyotlar nomini olgan.
XV asr oxirida okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratilgan.
XV asrda Vizantiya imperiyasi qulagan,
XV asrda yevropaliklar tomonidan O‘rtayer dengizi orqali o‘zlashtirilgan savdo yo‘llari Usmoniylar davlati tomonidan yopib qo‘yilgan.
XV asrda portugaliyaliklar Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, Madeyra, Kanar va Azor orollarini kashf etgan.
XV asr oxirida Bartolomeu Diash boshchiligidagi ekspeditsiya Afrika janubidagi burunni aylanib o‘tdi va Hind okeaniga chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |