Achilov G‘olibbek Komiljon o‘g‘li
Download 54.01 Kb.
|
8 Jahon xronologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1740-1786-yillari
- 1549-yili
- XVI asr oxirida
- 1917-yil fevralgacha
- 1721-yili
- XVIII asrda
XVII asr oxirida Brandenburg knyazligida Prussiya gersogligi yetakchi mavqega ega bo‘lib olgan.
1701-yili Brandenburg knyazligi o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil topgan. 1701-yili Brandenburg knyazi Fridrix I nomi bilan Prussiya qiroli deb e’lon qilingan. XVIII asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada uchinchi, qo‘shini soni jihatidan esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan. 1740-1786-yillari Prussiyada Fridrix II hukmronlik qilgan. XVI asr boshlarida Oltin O‘rdaga qaramlikdan ozod bo‘lgan Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetgan. XVI asr boshlarida rus yerlarida markazlashgan davlat tashkil topgan va «Rus», «Rossiya» deb atalgan. 1547-yili taxtga o‘tirgan Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydi va «sar» deb atalgan. 1549-yili Ivan IV birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘ilishini – Zemstvo soborini chaqirgan. 1565-yili Ivan IV boyarlar hokimiyatiga zarba berish maqsadida mamlakat yerlaridan katta qismini ajratib olgan. 1572-yili Ivan IV oprichninani bekor qilishga majbur bo‘lgan. XVI asrning 2-yarmida Rossiya Qozon, Ashtarxon (Astraxan) va Sibir xonliklari bosib olgan. XVI asr oxirida Rossiya hududi ikki barobar kengaygan. 1598-yili Fyodor Ivanovich vafot etgan. 1598-yili Rossiyada ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topgan. 1612-yili Moskva uchun bo‘lgan janglarda Polsha qo‘shinini maglubiyatga uchragan. 1613-yili Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori Ivan IV Grozniy xotinining qarindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya podshosi etib saylagan. 1917-yil fevralgacha Rossiyada romanovlar sulolasi hukmronlik qilgan. XVII asrda Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo bo‘lgan. XVII asrdan boshlab Rossiyada shaharlar rivojlangan. 1689-yili Rossiyada Pyotr I taxtga o‘tirgan. 1700-yili Rossiya Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urush boshlagan. 1721-yili Shimoliy urush Rossiyaning g‘alabasi bilan yakunlangan. 1721-yili Finlandiyaning Nishtadt shahrida Rossiya–Shvetsiya tinchlik shartnomasi imzolangan. 1721-yili Pyotr I imperator deb e’lon qilingan. 1721-yili Rossiya imperiyaga aylangan va mamlakatda mutlaq monarxiya to‘la qaror topgan. XVIII asrda Moskvada matematika va navigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari ochilgan 1755-yili buyuk rus olimi Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti tashkil qilingan. XVI–XVIII asrlarda rus adabiyoti katta yuksalish yo‘lini bosib o‘tgan. XVI–XVIII asrlar Rossiya tarixida muhim davr bo‘lgan. - - Download 54.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling