1795-yilning avgustida Fransiyada Konvent yangi Konstitutsiyani qabul qilgan.
1795-yilgi Konstitutsiya Fransiyada inqilobning barcha antifeodal yutuqlarining qonuniyligini tasdiqlagan.
1798-yili Misrga qilingan yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatni egallashga chorlagan.
1799-yil 9-noyabrda Fransiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan.
XVI asrning 2-yarmida Germaniyada iqtisodiy tushkunlik ham boshlangan.
XVI asr o‘rtalarigacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G‘arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o‘tgan.
1524-1526-yillari Germaniyada dehqonlar urushi bo‘lib o‘tgan.
1618-1648-yillari O‘ttiz yillik urush bo‘lib o‘tgan.
1806-yilgacha Germaniya «Muqaddas Rim imperiyasi» deb atalgan.
XVII asrning 2-yarmida ichki siyosiy tarqoqlik Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ygan.
1683-yili Germaniya knyazliklari Тurkiya bosqiniga qarshi kurashish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qilgan.
1683-yili Germaniya Vena ostonalarida usmoniylarning qo‘shini tor-mor keltirigan.
XVII asrda Avstriya va Brandenburg knyazliklari Germaniyada gegemonlik uchun kurash olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |