Achilova sayyora abdumannonovnaning "organik birikmalarning kislotaliligi va asosliligi nazariyalari. Qattik va yumshoq kislota va asoslar"
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
organik birikmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ACHILOVA SAYYORA ABDUMANNONOVNANING “ORGANIK BIRIKMALARNING KISLOTALILIGI VA ASOSLILIGI NAZARIYALARI. QATTIK VA YUMSHOQ KISLOTA VA ASOSLAR”
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI SHАROF RАSHIDOV NOMIDАGI SАMАRQАND DАVLАT UNIVERSITETI KIMYO FАKUL’TETI KIMYO YO’NALISHI 4-KURS TALABASI ACHILOVA SAYYORA ABDUMANNONOVNANING “ORGANIK BIRIKMALARNING KISLOTALILIGI VA ASOSLILIGI NAZARIYALARI. QATTIK VA YUMSHOQ KISLOTA VA ASOSLAR” MAVZUSIDAN TAYYORLAGAN T A Q D I M O T I Samarqand - 2022 Reja 1.Louri-Brensted va Lyuis nazariyalari. 2.Spirtlar, fenollar va karbon kislotalarining kislotali xususiyatlari. 3.Qattiq va yumshoq kislota va asoslar. Anorganik kimyoda bo‘lgani kabi organik ikmyoda ham kislotalar va asoslar tushunchalari mavjuddir. Organki moddalarning kislotali yoki asosli xossalari to‘g‘risida ikkita nazariya mavjud: Louri-Brensted nazariyasi; Lyuis nazariyasi. Louri-Brensted nazariyasi bo‘yicha kislotalar deb proton beruvchi, asoslar deb esa – proton biriktirib oluvchi moddalarga aytiladi, ya’ni: bu yerda, + B-H – protonlangan (kislota) Louri-Brensted nazariyasi asosidagi bu tenglamalardan quyidagicha juda muhim xulosa kelib chiqadi: Kuchli kislotaga kuchsiz asos mos keladi va aksincha kuchsiz kislotaga kuchli asos mos keladi. Maslan, sirka va xlorsirka kislotalar solishtirilganda xlorsirka kislota sirka kislotaga nisbatan taxminan 100 barobar kuchli ekani aniqlanadi. Ularga mos keluvchi anionlarning asosli xususiyati solishtirilganda esa atsetat anioni xloratsetat anioniga nisbatan taxminan 100 barobar kuchli asosdir. Bunga sabab xlor atomining kuchli elektronoakseptorlik xossaga ega ekanidir. Lyuis nazariyasiga muvofiq kislotalar elektronga taxchil bo‘lgan, asoslar elektronga boy bo‘lgan, bo‘linmagan elektron juftli, qo‘sh bog‘li va aromatik yadrosi bo‘lgan moddalardir. Masalan, Lyuis kislotalari: H + , BF 3 , AlCl 3 , ZnCl 2 , FeCl 3 , + CR 3 Lyuis asoslari: BF 3 , AlCl 3 , ZnCl 2 , FeCl 3 , AlBr 3 kabi elektroneytral birikmalarning markaziy atomlari (B, Al, Zn, Fe) dagi elektronga taxchillik shundan iboratki, bu atomlar atrofidagi sakkizta barqaror (oktet) elektron qobiq o‘rniga oltita (sekstet) elektron qobiq mavjuddir. Shuning uchun bu moddalar elektroneytral bo‘lsa ham o‘ziga yana ikkita elektron (asos) biriktirib olishga va elektronlarni sakkistaga yetkazishga harakat qiladi va shuning uchun ular kislotali xususiyat namoyon qiladi. Bu tuzlar Lyuis kislotalari deyiladi. Organik moddalarning kislotali yoki asosli xususiyatlariga Lyuis nazariyasi ko‘proq mos tushadi va shuning uchun bu nazariyadan keng foydalaniladi. Kislotalilik yoki asoslilik tushunchalari nisbiy tushunchalardir. Moddaning kislotali xossasi asos ishtirokida, asosli xossasi esa – kislota ishtirokida namoyon bo‘ladi. Masalan, gaz holdagi HСl kislota emas, lekin u asos ishtirokida (suv) kislotaga aylanadi. Demak, moddaning kislota yoki asos bo‘lishi uni o‘rab turuvchi moddalar xarakteriga bog‘liqdir. Suvga o‘xshagan amfoter xossaga ega bo‘lgan moddalar o‘z protonini o‘zi biriktirib oluvchi akseptoga ham ega: Bu jarayon avtoprotoliz deyiladi. Birikmaning kislotali yoki asosliligi erituvchining asosligiga (mos ravishda kislotaliligiga) bog‘liqdir. Shuning uchun moddalarning tegishli konstantalari solishtirilganda hamma vaqt erituvchi ko‘rsatiladi. Asosliligi katta bo‘lgan erituvchida kuchli kislotalar ham, kuchsiz kislotalar ham chuqur va farqi kam dissotsiyalanishga uchraydi. Bunday erituvchilarni kislota kuchini tenglashtiruvchi erituvchilar deyiladi. Shu sababdan, kuchsiz kislotalar o‘rganilganda suvga nisbatan asosliroq erituvchi, maslan, suyuq ammiak yoki aminlar qo‘llaniladi. Kuchsiz asoslar tadqiq qilinganda esa suvga nisbatan kislotaliroq erituvchi, masalan, suvsiz sirka kislota, kons. sulfat kislotalardan foydalaniladi. Kuchli kislotalar o‘rganilganda kuchsiz kislta, masalan, suvsiz sirka kislota ishlatiladi. Moddaning yuqori kislotaliligi kerak bo‘lsa kislota kuchini farqlaydigan, kislota kuchini tenglashtirish darajasi kam bo‘lgan erituvchi olinadi. Maslan, vodorod xlorid asosli xossaga ega bo‘lgan moddani suvga nisbatan benzolda kuchliroq protonlaydi. Shunday qilib benzol suvga qaraganda kislota kuchini kam tenglashtiruvchi erituvchidir. Kislotalilikning yoki asoslilikning son qiymatlardagi farqqa qaramasdan birikmalarning suvsiz-erituvchilardagi kislotalik yoki asoslik bo‘icha joylash tartibi o‘zgarmaydi Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling