Ad Muxtor. ''Oliy butunlik'' Bu mavzuda biz


Download 6.83 Mb.
bet1/3
Sana11.10.2023
Hajmi6.83 Mb.
#1698452
  1   2   3
Bog'liq
7 SINF Zulfiya \'\'Sog\'inib\'\' Asqad Muxtor \'\'Oliy butunlik\'\'

ad Muxtor. ''Oliy butunlik''

Bu mavzuda biz:

  • “Sog‘inib” va “Oliy butunlik” she’rlaridagi g‘oyalarni qiyoslaymiz;
  • – badiiy matnda zidlantirishning vazifasini tahlil qilamiz;
  • – she’rlardagi lirik qahramon kechinmalarini qiyoslaymiz.

MUALLIFLAR BILAN TANISHAMIZ


Zulfiya (1915–1996)
Zulfiya (Zulfiya Isroilova) Toshkent shahrida temirchi oilasida tavallud topgan.
Dastlab o‘rta maktabda, keyinchalik qizlar bilim yurtida tahsil olgan. Ijodiy faoliyatini juda erta boshlagan, ko‘p yillar jurnalistika va nashriyot sohasida ishlagan. Ko‘plab she’riy asarlar, tarjimalar muallifi .
Taniqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning rafiqasi.Turli xil davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Yurtimizda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilgan. Mazkur mukofot turli xil sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishgan iqtidorli qizlarga beriladi.

Mualliflar bilan tanishamiz

Asqad Muxtor (1920–1997)

Asqad Muxtor Farg‘ona shahrida oddiy xizmatchi oilasida tug‘ildi. Juda erta, o‘n bir yoshida otasidan ayrilgach, bolalar uyida tarbiyalanishga majbur bo‘ldi.

O‘rta maktabni tamomlab, O‘rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) tahsil oldi. Turli xil mas’ul lavozimlarda, gazeta va jurnallarda ishlagan.

U shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon sifatida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissaqo‘shgan. Asqad Muxtor qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

MUTOLAAGA TAYYORLANAMIZ

  • “Tabiat” deganda ko‘z o‘ngingizda nimalar gavdalanadi? Insonlarning tabiatni yaxshi ko‘rishi sabablari haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Inson va tabiat o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin?

SOG’INIB

Shu kunlarda bahorga zorman, Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q. Kuz singari za’far ruxsorman, Mevalar ham shoxlardan uzuq. Shu kunlarda bahorga zorman, Tanxastalik ezadi ruhim. Tanho emas, qatorda borman, Yana neni izlaydi suqim? Shu kunlarda bahorga zorman, Shaff of, yorqin kuy tilar ko‘ngul. Yaxshiyamki, qalamga yorman, So‘zlab turar bor dilimni ul. Shu kunlarda bahorga zorman, O‘z bahorim kabi bemisol. Bahor qaytmas, yonuvchi qorman, Yo no‘noq qo‘l butagan nihol. Shu kunlarda bahorga zorman...


Download 6.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling