1.2.1-rasm. Aktinometr:
1 -qopqoq; 2-3 -vintlar; 4 -og’ish o’qi; 5 -ekran; 6-tutqich;
7 -naycha; 8 -dunyo o’qi kenglik sektori; 10- ustun; 11-taglik.
Atmosferada quyosh nurining aks etishi natijasida kamalak va tojlar hosil bo’ladi. Havoda quyosh nuriniig yutilishi va tarqalishi natijasida osmon ko’k rangli bo’ladi.
Meteorologik stantsiyalarda quyoshning to’g’ri radiatsiyasini o’lchash uchun aktinometr qo’llaniladi (1.2.1- rasm). Tapqoq radiatsiya esa piranometr yordamida o’lchanadi (1.2.2-rasm). Quyosh nurining bir sutka davomida necha soat er yuzasiga tushib turganligi, ya’ni intensivligi geliograf yordamida o’lchanadi (1.2.3-rasm).
1.2.2-rasm. Piranometr:
1 -shisha qalpoqcha; 2 -to’xtatish prujinasi; 3-soyalama sharniri;
4- o’rnatish vinti; 5 -taglik; 6 -qaytarma shtativning sharniri;
7 - sath to’g’rilagich; 8 -vint; 9 -ichki quritgichli ustun.
Yillik radiatsiya yig’indisining miqdori har ikkala yarimsharda ham o’rta va tropik kengliklarda 78-80 kkal/sm2 dan 220 kkal/sm2 gacha etadi. Arktika oblastlarida yillik radiatsiya yig’indisining miqdori 60- 70 kkal/sm2 ni tashkil etadi. Yil davomida quyoshning gorizontga nisbatan tikligi o’zgarib turishi natijasida shimoliy yarimsharda eng ko’p radiatsiya yig’indisi iyul oyiga, eng kami esa yanvar oyiga to’g’ri keladi.
1.2.3-rasm. Kempbel -Stoks geliografi:
1 -taglik; 2 -kengliklar ko’rsatkichi; 3 -kenglik sektori; 4 - vint;
5 -lenta joylashadigan fazali sferik palla; 6 - yoy tutgich;7 - lentani chaydlovchi igna; 8 -lenta; 9 -shisha shar;10 -O’q; 11 -mahkamlash shtifti; 12 -o’rnatish diski; 13 -ko’rsatkich;14 -ustun (peshtahta).
Radiatsiya yig’indisining miqdorini fasllar davomida o’zgarib turishini 1.2.1-jadval misolida ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |