Adabiy nutq
Download 0,72 Mb. Pdf ko'rish
|
A8 Nutq uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- So`zlalashuv uslubining
- Publitsistika – lotincha so`z bo`lib, «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi. Publitsistik uslub
- Publitsistik uslub.
Badiiy uslub. Badiiy uslubning o`ziga xos
Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, unda o`zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o`quvchiga estetik zavq bag`ishlaydi. So`zlalashuv uslubining o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir. So`zlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo`lagi ajratib ko`rsatiladi, fikr so`zga mantiqiy urg`u berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo`ladi. Publitsistika – lotincha so`z bo`lib, «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi. Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati - muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va b. Publitsistik uslub. Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling