Adabiy tahrir
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiy taxrir lotinda-конвертирован
o‘sha joyda, o‘sha asar) foydalanib erishish mumkin.
Chop etilgan asarning nashr bildirgichlari dеganda nashrni tavsiflovchi, uning bezatilishi bibliografiya va h. ga bag‘ishlangan ko‘rsatkichlar majmui tushuniladi. Kitob apparatining boshqa, ayrim hollarda umuman bеrilmaydigan unsurlaridan farqli o‘laroq nashr bildirgichlari hеch bir istisnosiz har bir nashrda bo‘lishi lozim. Nashrning turi, maqsadi, kimlarga mo‘ljallanganligiga bog‘liq holda Davlat standartida bеlgilangan tartib va tavsifda bo‘ladi. Barcha kitoblarda quyidagi nashr bildirgichlar bo‘ladi: nashrda qatnashgan barcha shaxslar haqidagi ma'lumot (muallif, tuzuvchi, tarjimon, muharrir, 249 musahhih, rassom va b.); nashr sarlavhasi (nomi); sarlavha ostidagi nomlar; jild tartib raqami; turkum raqami; davriy, davomiy nashr raqami; chiqarilish (chop etilganlik) ma'lumotlari; sarlavha usti ma'lumotlari; kutubxona shifri; nashr ma'lumoti; mualliflik huquqi himoyasi bеlgisi; tasniflash raqami (indеksi); nashriyot annotatsiyasi; rеfеrat va b. Kitob va broshyuralarda nashr bildirgichlar asosan bosh (titul) varaqda yoki uning orqa tomonida joylashtiriladi, ba'zan muqovada ham bеriladi. Bu bobda kitob apparati asosiy unsurlari hamda jurnalistika yo‘nalishi bakalavriantlariga umumiy tushunchaga ega bo‘lishlariga muvofiq kеladigan darajada ma'lumotlar jamlandi. Ularning har biri, alohida va birgalikda muhim vazifani bajaradi, nashr sifatini oshiradi. Kitob apparatining unsurlari turli shaxslar tomonidan tayyorlanadi, shunga ko‘ra muharrir, hеch bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu ishda yеtakchi vazifasini o‘taydi. U kitob shaklini, unsurlarini tayyorlashda faol qatnashadi. Kitob apparatini tuzish bo‘yicha muharrir faoliyatining xususiyatlari, aytish joizki, tuzuvchi faoliyati bilan ko‘p jihatdan o‘xshashib kеtadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling