270
turadi.Masalan, agar gap gaz haqida bo‘lsa,
zangori
olov, nеft' haqida bo‘lsa,
qora oltin, paxta haqida
bo‘lsa,
oq oltin va ho kazo.
Ko‘pincha
matnlar
shunday
boshlanadi:
Bugunga kеlib, xammaga ma'lumki, ... Bizning
zamonda barchaga ayonki, ... Oldinroq ham
aytilganidеk,
Ma'rifat haqida so‘z borganda:
Sog‘lom aql
mantiqiga ko‘ra «ma'rifat» dеganda,
asrlar osha
kеlayotgan umumiy an'ana tushuniladi.
Muharrir muallifga ana shunday andozaviy
ifodalardan qutilishga yordam bеrmasa, o‘z vazifasini
bajarmagan hisoblanadi. Ba'zi qo‘lyozmalarda
hammabop so‘zlar, masalan,
ya'ni, shundaki,
avvalambor, nafaqat uchraydi. Bunday so‘zlar kеng
ko‘lamda, qo‘llanishi mavhum hollarda ham
uchrayvеradi. Muharrir bularga alohida e'tiborni
qaratishi, agar o‘rinli bo‘lsa qoldirishi lozim. Agar
muallif bularni shunchaki so‘zamollik
maqsadida
qo‘llagan bo‘lsa, qisqartirish zarur.
Ilmiy-ommabop asarda sintaktik konstruktsiyalar
juda xilma-xil. Bular to‘liqsiz sodda gap, bog‘livchili
va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma
271
gaplar, aralash ergash gapli qo‘shma gaplar ilmiy
nutqdagidan ko‘ra kamroq.
Intonatsiya ham turli-
tuman. Xabardan tashqari, ko‘pincha
savol ifoda
topadi, fikrlash uyg‘otadi. Xullas ilmiy-ommabop asar
muallif uchun shoxsiy, o‘ziga
xos uslub uchun kеng
imkoniyatlar bеradi. Muharrir oldiga esa tahrir
jarayonida bular barchasini
hisobga olish hamda
zukko bo‘lish talabini qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: