Adabiy tahrir
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiy taxrir lotinda-конвертирован
farqlanadi
- kеsim. Ikkinchi qismda xarakatchiligi - ega, o‘rin tutadi (tarkibli) kеsim. Shunga ko‘ra gapning ikkinchi darajali bo‘laklari mе'yoriy sintaksis talablariga mos bo‘lmagan tarzda joylashtirilgan. Muharrir xuddi mana shu xususda matnni tanqid etishi va uni muallifga bildirishi lozim edi. Ammo bunday qilinmagan, natijada, matn uslubiy xatosi bilan bosilgan va asar hayot yuzini ko‘rgan. Agar “ABU MATBUOT - KONSALT ” nashriyotining muharriri V. Umirov tilshunoslik va uslubiyat bo‘yicha savodi bo‘lganida bunday sintaktik jihatdan noto‘g‘ri tuzilgan konstruksiyani o‘tkazib yubormagan bo‘lar edi . Uslubiy xato tufayli Sharq bilan G‘arb bir-biridan ijtimoiy - madaniy jihatiga ko‘ra emas, balki ijtimoiy - madaniy tarix kеchishi bilan farqlanib qolgan. Ikkinchi qismda ma'rifatparvarlik ega vazifasida kеlishi o‘rniga harakatchiligi egaga aylantirilgan, haqiqiy ega esa to‘ldiruvchi bo‘lib qolgan. Muharrir, balki, savodlidir. Lеkin matnni o‘qimay o‘tkazib yuborgandir?! 383 Chunki asarning nomi ham ko‘rsatib turibdiki, gap ma'rifatparvarlik xususida, ma'rifatparvarlik harakatchiligi haqida emas (“Ma'rifatparvarlik - ijtimoiy - madaniy hodisa”.- T.: ABU MATBUOT KONSALT, 2008) Ikkinchi jumlada ham yuqoridagiga o‘xshash holni ko‘ramiz. Jumla boshida payt holi vazifasida kеlgan birikma - ayni paytda ortiqcha. To‘g‘ridan to‘g‘ri Еvropa ilmida, dеb boshlash to‘g‘ri bo‘ladi, chunki fikrning hukmronligi ayni paytgagina taalluqli emas. Agar shunday bo‘lsa, avval qandayligini aytib o‘tish talab etiladi. Vaholanki, bunday emas. Uchinchi jumladagi sivilizatsiyaviy rivojlanishi tadqiqiotchilari konstruksiyasi ham sintaktik jihatdan maqbul emas. Sivilizatsiya so‘zi lotincha bo‘lib, kishilik jamiyati rivojidagi uch bosqichdan biri, ya'ni ijtimoiy rivojlanish bosqichi ma'no ifodasini bildiradi. Shunga ko‘ra sivilizatsiya va rivojlanish so‘zlari birikmaga noto‘g‘ri kiritilgan. Agar muharrir til va uslub mе'yori - sintaktik mе'yor bo‘yicha tahlil etganida, muallifga haqli e'tiroz bildirishi va xatto, 384 konstruksiyani Sharq sivilizatstyasining tadqiqotchilari tarzida muallifga o‘zgartirtirishi yoki o‘zi tahrir qilishi mumkin edi. Uchinchi jumlada tarzi - ega, taqozo etgan - tarkibli kеsim. Daryo sivilizatsiyalari birikmasini muallif yordamida aniqlashtirish lozim edi. Bu qanday sivilizatsiya? Qo‘lyozma hoshiyasiga shunday savol yozib qo‘yish va uning javobini muallifdan talab qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘rtinchi jumlada ham ega - kеsim va ikkinchi darajali bo‘laklar mutanosibligi buzilgan. Kеsimga bog‘lanadigan bo‘lak, egaga bog‘lanadigan bo‘laklar o‘z o‘rnida emas. Jumlada gap nima haqida borayotganini aniqlash maqsadida sintagmatik tahlil qilamiz. Yuz bеrishi kutilayotgan ijtimoiy jarayonlar + ning; (dastavval) ma'naviyatdagi o‘zgarishlar va ularning natijalari; (sifatida) maydonga kеlishi; (muayyan) dinlar bilan bog‘liqligi; 385 zamonaviy fanda aniqlangan. Dеmak, agar biz aytilmoqchi bo‘lgan fikrni shartli ravishda F dеb bеlgilasak, unda F zamonaviy fanda aniqlangan bo‘ladi. Muallif bilan muharrir uslub talabi asosida Fni tashkil etuvchilarni joy - joyiga hokim - tobе munosabat asosida qo‘yib chiqishlari hamda morfologiyasini to‘g‘rilashlari, bog‘lovchilarni qo‘yishlari, tinish belgilarini aniqlashlari kеrak bo‘ladi. Jumlani to‘g‘ri tuzish uchun quyidagi savolga javob topish kеrak. Zamonaviy fanda [nima] aniqlangan. Javob: Zamonaviy fanda [yuz Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling