Adabiy tahrir


Tilga e'tibor – elga e'tibor


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/123
Sana28.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1012632
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
Bog'liq
adabiy taxrir lotinda-конвертирован

Tilga e'tibor – elga e'tibor 


398 
Milliy matbuot jamiyatimiz yuz – ko‘zi. 
Chunki, unda faqat eng so‘nggi yangiliklar
voqea – hodisalar aks etibgina qolmay, balki 
jamiyatning ma'naviy – ruhiy qiyofasi ham 
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun xalqimiz 
matbuotga alohida hurmat bilan qarab, 
jurnalistlarni jamiyatimizning eng ziyoli 
kishilari, deb baholashadi. Shunga ko‘ra, 
gazeta – jurnallarga shak – shubhasiz 
ishoniladi va materiallarga e'tibor bilan 
qaraladi, ulardan tegishlicha foydalaniladi.
Afsuski, keyingi paytda adad ortidan 
quvib, go‘yo o'quvchilarni jalb qiluvchan 
bo‘lish uchun turli shov-shuvli maqolalar, oldi 
– qochdi voqealar xususida yozib, milliy 
mentalitetimizga yot, atroflicha mulohaza 
bilan 
tayyorlanmagan 
materiallar, 
xorij 
nashrlaridan (ayniqsa, internetdan) xom – 
xatala 
tarjimalar, 
turli 
boshqotirmalar 
sahifalarni to‘ldirib turadigan nashrlar ham 
uchrayotgani sir emas. Bunday nashrlar 
g‘arbda “sariq” matbuot deb ataladi. 
Fikrimizcha, ularni tusini emas, sifatini 
nazarda tutib, “jaydari” deyish ma'qul. Ushbu 
gazetalarning 
materiallarini 
mutolaa 


399 
qilganingizda past saviyada, til va uslub 
jihatdan noqis, mantiqan sayoz ekanligi ayon 
bo‘ladi.
Ustoz jurnalistlar va mutaxassislarning 
mulohazalariga ko‘ra, kattami – kichikmi 
gazetalarning qaysi birida ham bitta imlo xato 
ketib qolsa, tahririyat o‘quvchi oldida uyatga 
qoladi. Lekin hozir shunday nashrlar borki
ularni o‘qib, mantiqsizlik, imloviy uslubiy 
xatolardan ko'nglingiz xijil bo‘lib ketadi. 
Jumladan, “Oila shifokori”, “Dilbarim”, 
“Bekajon”, 
“Sug‘diyona” 
gazetalari 
sahifalarida imloviy, til va uslubga oid xatolar 
anchagina uchraydi.
Ayrim 
mualliflar 
borki, 
ular 
balandparvoz, 
deyarli 
ishlatilmaydigan 
so‘zlarga o‘ch bo‘lishadi. Maqsad – “yuqori” 
saviyani ko‘rsatib qo‘yish yoki matnni so‘z 
bilan bezashdan iborat. Bizningcha, gazeta tili 
badiiy adabiyot tili emas, u ommabop, oddiy, 
tushunarli va aniq bo‘lishi kerak.
Davriy 
matbuotda, 
jumladan, 
sinonimlardan foydalanishda ham ko‘p 
xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Sinonimlar o‘zaro 


400 
ma'nodosh bo‘lsa-da, lekin ma'nolari aynan 
emas, ularni ishlatishning o‘ziga xos o‘rni 
bor. Masalan, eng ko‘p qo‘llaniladigan 
“kerak”, “lozim”, “shart” sinonimlariga 
e'tibor bersak, ularning har biri uslubiy 
bo‘yoqqa ega va biri o‘rniga ikkinchisini 
o‘rinsiz ishlatib bo‘lmaydi.
Adabiy til qonun-qoidalariga binoan 
yozilib, 
gazetxonlar 
e'tiboriga 
havola 
etilayotgan ko‘pdan – ko‘p materiallar 
jurnalistlarning mahoratidan darak beradi. 
Afsuski, “jaydari” nashrlarda bunga e'tibor 
bermaslik 
holatlari 
ko‘zga 
tashlanadi. 
Masalan, “Dilbarim” gazetasining 2099 yil 22 
oktyabr 
soni 
materiallari 
bilan 
tanishganimizda, nashrning 3-betida berilgan 
Bolaligi o‘g‘irlangan qiz” matnida g‘aliz 
jumlalar uchraydi. Masalan,
“.... va o‘zining ahvoli yaxshi ekanini 
bildirib 
qo‘ymoqchi 
bo‘layotganini 
urg‘ulaydi”.
Bu jumladagi “urg‘ulaydi” so‘zi 
noto‘g‘ri qo‘llanilgan, umuman jumla o‘zbek 
adabiy til me'yoriga mos kelmaydi. 4-betdagi 


401 
Addiksiya 
dedingizmi?” 
sarlavhali 
materialning birinchi jumlasi so‘zlashuv 
uslubiga xos.
“Shifokorlar tilida “addiksiya” degan 
atama bo‘lib ....”.
Aslida “shifokorlar tili” emas, balki 
tibbiyot ilmida” yoki “tibbiyot sohasida
bo‘lishi kerak. Chunki, matbuot matnlari 
ilmiy-ommabop 
uslubda bo‘lishi kerak, 
so‘zlashuv 
uslubida 
emas. 
Kelishik 
qo‘shimchalarining farqiga borilmaydi. 9-
betdagi “Jeksonni xotirlagan ikki eng zo‘r 
g‘oya!” sarlavhali matnda “Dunyo musiqa 
ixlosmandlarini qiziqishini to'laqonli …” 
jumlasida “ixlosmandlari” so‘ziga qaratqich 
kelishigi qo‘shimchasi – “ning” qo‘shilishi 
lozim.
Milliy ma'naviyatni, ijtimoiy tafakkurni 
shakllantirishda va qaror toptirishda, iqtisodiy 
hayotni isloh qilishda va milliy o‘zlikni 
anglashda matbuotning o‘rni va ta'siri cheksiz. 
Shunday ekan, matbuot matnlarini ommabop, 
tushunarli, ta'sirchan, ishonchli va asosli fakt, 
ma'lumotlar bilan til va uslubga xos 


402 
kamchiliklarsiz o‘quvchiga yetkazish tahlil va 
tahrir jarayonini alohida ma'suliyat, o‘tkir 
zehn, savodlilik va mahorat bilan amalga 
oshirishni talab etadi.
Bizningcha izohning xojati yo‘q.
Muallif uslubiga ko‘ra so‘zlarni takror qo‘llash, 
gap bo‘laklarining o‘rnini almashtirishga o‘nlab 
misollarni kеltirish mumkin, ayniqsa, mumtoz 
adabiyot vakillari ijodidan ,ular atayin takror usulidan 
badiiylik, 
ta'sirchanlikni 
oshirish 
maqsadida 
foydalanadilar. Bunday hollarda so‘zlarni sanash, ular 
miqdorini kamaytirishdan ma'ni yo‘q, xatto, zararli.
Xullas, 
mе'yoriy 
uslubiyat 
qoidalaridan 
foydalanishga 
ko‘r-ko‘rona 
va 
aqidaviy 
yondoshmaslik, aksincha, kontеkstni chuqur tahlil 
qilgan holda amal qilish kеrak.
Shunday qilib, yuqoridagi aytilganlarga amal 
qilish uchun odatiy mе'yoriy-uslubiy xatolarni ilg‘ash, 
bartaraf etishga yordam bеradigan mantiqiy hamda til, 
uslub nuqtai nazaridan tahlil usullarini bilish, 
shuningdеk, bu usullarni malaka darajasiga yеtkazish 
uchun amaliyotda rivojlantirish lozim. Zеro bunday 


403 
malakaga ega bo‘linmasa matnni tеrish, bosish 
vaqtida o‘tib kеtgan, tilga oid ko‘plab, aksariyat 
hollarda tasodifiy xatolarni, uslubdagi nuqsonlarni 
tutib qolish amri mahol bo‘ladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling