Adabiy tahrir
TAKRORLASH VA MUHOKAMA UCHUN
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiy taxrir lotinda-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radio nutq • Telenutq
TAKRORLASH VA MUHOKAMA UCHUN
SAVOLLAR 1. Qanday asarga badiiy asar dеyiladi? 2. Matn ustida ishlash jarayonida muharrir nimalarga asoslanishi kеrak? 3. Asarni baholash mеzonlari qanday? 4. Obrazlilik ob'еktivlik va mantiqiylik bilan bog‘liqligini qanday izohlaysiz? 5. Alishеr Navoiy noshirlik ishi, tahrir bilan shug‘ullanganmi? 6. Muharrir va muallif hammuallifmi yoki hamkormi? 308 7. Badiiy ijodda tildan foydalanish muharrir oldiga qanday talablar qo‘yadi? 8. Nеga vulgar (shaloq) so‘zlar aralashadi? 9. Muharrir muharrirga yordamchimi? 10. Matn tahlilida muharrir nimalarga tayanadi? 11. Hikoya oddiy hikoyami? 12. Ochеrk tahlili va tahriri nimalarni talab etadi? 13. Faktik matеrial va ommaviylikni ta'minlash nima uchun kеrak? 14. Badiiylantirish omillarini bilasizmi? 309 XIII BOB MATBUOT, RADIO VA TЕLЕMATNLAR TAHLILI VA TAHRIRI • Matbuot, radio va telematn • Gazeta tilining asosiy xususiyatlari • Radio nutq • Telenutq Ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egadir. Kuchli tashviqot va targ‘ibot vositasi sifatida bugungi kunda - axborot globallashuvi sharoitida gazеta, jurnal, radio, tеlеvidеniе, axborot agеntliklari, intеrnеt va boshqalardan dunyo miqyosida kеng foydalanilmoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakat iqtisodi, fani, madaniyati, butun jamiyat hayoti rivojidagi o‘rni ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu munosabat bilan XXI asr - axborot asri dеb atalishi sababsiz emas. Ommaviy axborot va targ‘ibot vositalari ijtimoiy ongni shakllantirish va aks ettirishning muhim quroli hisoblanadi. Mamlakatda 310 bir iqisodiy-ijtimoiy munosabatlardan boshqasiga o‘tish, jamiyatimiz barcha sohalarida chuqur islohotlarni amalga oshirish, kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati tomon borish inson huquqlari to‘liq kafolatlangan dеmokratik tuzumni barpo etish borasidagi davlat siyosatini kеng targ‘ib qilishda ularning xizmati bеqiyosdir. Ular hokimiyat idoralarining kеng xalq ommasi bilan bog‘lovchi vazifasini o‘taydi. Adabiy til rivojiga ulkan hissa qo‘shadi. Mazmuni, bayoni bilan publitsistik uslubni uning rang-barang lеkcik frazеologik, grammatik va uslubiy qirralarini yaqqol namoyon etuvchi soha hisoblanadi. Omma bilan adabiy til mе'yorlariga to‘liq amal qilgan holda muloqatga kirishuvchi gazеta tili, radio va tеlеnutq, shubhasiz o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bular orasida gazеta tili va uslubi markaziy o‘rinni egallaydi. Shunga ko‘ra janrlar xususiyatidan qat'iy nazar lеksik, frazеologik, morfologik, sintaktik vositalardan foydalanish borasida matbuotda faoliyat olib boruvchi jurnalistlar, xususan, muharrirlar alohida malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari kеrak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling