Adabiy tanqidda uslub va individual yondashuv. Istiqlol davri tanqidchiligi


Download 67.31 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi67.31 Kb.
#1470768
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ma\'ruza

Adabiy tanqidda uslub va individual yondashuv. Istiqlol davri tanqidchiligi

Adabiy tanqid ham badiiy adabiyotning bir tarmog‘i. Shunday ekan, bu sohada ham adabiy jarayonga va voqelikka o‘z pozitsiyasidan mustaqil turib qaragan, o‘z nuqtai nazariga ega, o‘z ovozi, o‘z uslubi, o‘z yo‘liga ega odamlargina ishlashi va jamiyatga foyda keltirishi mumkin. Adabiyot tanqidchisi adabiy hodisalarni g‘oyaviy-estetik tahlil qiluvchi, ularga chuqur ilmiy baho beruvchigina emas, balki o‘tkir hayotiy muammolarni publitsistik yo‘l bilan muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etuvchi ijodkor hamdir.

  • Adabiy tanqid ham badiiy adabiyotning bir tarmog‘i. Shunday ekan, bu sohada ham adabiy jarayonga va voqelikka o‘z pozitsiyasidan mustaqil turib qaragan, o‘z nuqtai nazariga ega, o‘z ovozi, o‘z uslubi, o‘z yo‘liga ega odamlargina ishlashi va jamiyatga foyda keltirishi mumkin. Adabiyot tanqidchisi adabiy hodisalarni g‘oyaviy-estetik tahlil qiluvchi, ularga chuqur ilmiy baho beruvchigina emas, balki o‘tkir hayotiy muammolarni publitsistik yo‘l bilan muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etuvchi ijodkor hamdir.

Adabiy tanqidchi yozuvchi kabi o‘zligi – “Men”ini ko‘rsata oluvchi shaxsdir. Tanqidchining “Men”i adabiy asardagi bosh fazilat – yangilikni, adabiy jarayondagi yetakchi, ilg‘or tendensiyani ilg‘ay olish va faol qo‘llab-quvvatlashida, adabiy asar hamda adabiy jarayondagi qusurlarning ildizlarini topa bilishida, o‘z mulohaza va fikr­-g‘oyalarini maroqli, asosli, qiziqarli qilib ifodalashida ko‘rinadi, ayniqsa, birinchi navbatda haqiqatni qattiq himoya qilishida namoyon bo‘ladi.

  • Adabiy tanqidchi yozuvchi kabi o‘zligi – “Men”ini ko‘rsata oluvchi shaxsdir. Tanqidchining “Men”i adabiy asardagi bosh fazilat – yangilikni, adabiy jarayondagi yetakchi, ilg‘or tendensiyani ilg‘ay olish va faol qo‘llab-quvvatlashida, adabiy asar hamda adabiy jarayondagi qusurlarning ildizlarini topa bilishida, o‘z mulohaza va fikr­-g‘oyalarini maroqli, asosli, qiziqarli qilib ifodalashida ko‘rinadi, ayniqsa, birinchi navbatda haqiqatni qattiq himoya qilishida namoyon bo‘ladi.

Download 67.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling