Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida baho va bahonlash Reja: Kirish
Download 25.15 Kb.
|
Ishlab chiqarish korxonalarida baho va bahonlash
Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida baho va bahonlash Reja: Kirish Baho siyosati Bahoning shakllanishi Baholarning asosiy turlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kirish Baho kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi. Baho bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo‘yiladi. Baho pul muomalasi holati, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy sog‘lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxonalar va ularda ishlovchilarning, umuman, aholining o‘zaro bog‘lanishi baho yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. Bahoni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu esa, bozordagi o‘sha mahsulotga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. Tovar bahosining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar o‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etishdir. Baho tovar taklifi, aholining to‘lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi to‘g‘risida korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi qiymat o‘lchovidir. Baho siyosati Baho siyosati davlat iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining muhim ajralmas qismidir. Shu sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda baho belgilash siyosati alohida o‘rin egallaydi. Bahoni ho‘jalik mexanizmi va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashning ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni bahoning to‘g‘ri belgilanishiga bo-g‘liq. Bahoning turlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqbo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir: ulgurji baholar . Ular firmalar o‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qo‘llaniladi. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur; chakana baholar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy shaxsiy mulk egalari do‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. Chakana bahodarajasi aholining peal daromadlari bilan belgilanadi. xarid baholari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi. dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi. Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifalari orqali ta’sir
Bahoning shakllanishi Bahoning shakllanishini quyidagicha ifodalash mumkin: Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot yer yuzidagi ko‘pgina davlatlarda turli darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda.Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko‘rish mumkin.Shunday belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosidayuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan o‘lchanadi.Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo‘lishi mumkin emas. Pul esa, iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo‘lib, iqtisodiyotda o‘ta muhim rolo‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadriqimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Baho shakllanishida raqobat muhim o‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish bahoni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko‘p bo‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular raqobatlashishsa, past baholar vujudga keladi. Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o‘ta past baholar ham paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi. Ayrim buyumlarning bahosini o‘zgartirish evaziga davlat ularga bo‘lgan ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog‘lig‘iga putur yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularning xarid qilinishini chegaralash va aksincha, ba’zi oziqovqat mahsulotlarining narxini me’yorda ushlab turadi. Korxonaning baho xususidagi o'z nufuzi (imidji) Korxonaning bozordagi o'z ulushi Korxonaning reklama dinamikasi Korxonaning mahsulot nufuzi (imidji) Kelajakda mijozlarni mo‘ljallash Talab omillari Xarajat omillari Raqobat omillari Sotuvchilarning bahoni shakllantirish turish orqali ehtiyojlarni to‘laroq qondirish mulohazamizga dalil bo‘la oladi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadriqimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rib chiqqanimizdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta. Baho shakllanishida raqobat muhim o‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish bahoni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko‘p bo‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular raqobatlashishsa, past baholar vujudga keladi. Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o‘ta past baholar ham paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi. Ayrim buyumlarning bahosini o‘zgartirish evaziga davlat ularga bo‘lgan ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan,inson sog‘lig‘iga putur yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularni xarid qilinishini chegaralash va aksincha, ba’zi oziqovqat mahsulotlarining narxini me’yorda ushlab turish orqali ehtiyojlarni to‘laroq qondirish mulohazamizga dalil bo‘la oladi. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bo‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi. Baholarning asosiy turlari Baholarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: 1. Ulgurji baholar. Tovarlar ko’tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baholardan foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin. 2. CHakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu baho o’z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi. 3. Nufuzli baholar. Bu baholardan obro’ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko’rsatilganda foydalaniladi. 4. Dotatsiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan baholarda olinadi. 5. Davlat baholari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda qo’llaniladi. 6. Mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi. 7. Milliy va jahon baholari. Alohida tovarning baynalmilal xarajatlari. Bunda jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi. 8. Standart baholar. Xaridor cho’ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha o’zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo’llaniladi. 9. Preysko’rant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo’ljal baho, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi. Ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzoqaralarga tayyorgarlik ko’rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o’zi uchun maqbul bo’lgan baho ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. SHu maqsadda u bahoni uchga ajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va ob’ektiv baho. Maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu bahodan boshlash mumkin bo’lgan ko’rsatkichidir. Minimal baho - (qo’shilishi mumkin bo’lgan eng past baho ) - bu tovar narxining shunday ko’rsatkichiki, tadbirkor muzoqaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi. Ob’ektiv baho - bu tarkibida o’rtacha sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan u yoki bu tovarning o’rtacha bahosidir. Bahoning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyos katta bo’lganidan uning har bir turidan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. SHu sababli korxonalar va firmalar narx belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular o’zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni ko’zlaydilar: - tovar sotishni ko’paytirish; - ko’proq foyda olish; - o’rnini muayyan mavqeini saqlab qolish. Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning o‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhimomillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar taklif qilinishi sababli baho ustidan to‘liq nazorat amalga oshiriladi. Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklanganligi bilan to‘qnash qiladi. O‘rnini bosuvchi tovarlarningmavjudligi ham ularning baho belgilashdagi mutlaq imkoniyatini cheklaydi. Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) birbiriga bog‘liq bo‘lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat baho belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin. Xulosa
Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho-muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Bunda qilingan xarajatlar va olingan natija ma’lum bir narx yordamida hisobkitob qilinadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishdagi mehnat sarflanishi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning majmuasi qiymatdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bo‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qismi qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Muayyan baho sharoitida ko‘proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish zarur. Baholar tovarpul munosabatlari muomalasining shakli va sotiladigan mahsulot turiga ko‘ra farqlanadi. Tovar sotishni ko’paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni ko’paytirish orqali bozorda o’z hissasini oshirish, imkon bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bo’lgan holda tovarlarni ko’plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni ko’p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish. Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o’z mavqeini mustahkamlash uchun firmalar maxsus narx qo’llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi. Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qo’llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo’ladi. Download 25.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling